Soliq qo‘mitasi kartadan kartaga tushgan ayrim mablag‘larni tekshirmoqda

© SputnikPlatejniy instrument dlya oplati tovarov i uslug
Platejniy instrument dlya oplati tovarov i uslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Obuna bo‘lish
Soliq organlari savdo tushumlari shaxsiy plastik kartalarga o‘tkazilgan holatlarni tahlil qilmoqda. Aniqlangan daromadlar bo‘yicha xabarnomalar yuboriladi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Soliq qo‘mitasi savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda kartadan kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni o‘rganmoqda.
Gap P2P — plastik kartadan plastik kartaga pul o‘tkazmalari orqali qabul qilingan savdo tushumlari haqida bormoqda. Soliq organlariga ko‘ra, bunday operatsiyalar orqali tushgan ayrim daromadlar soliq hisobotlarida aks ettirilmagan.
Shu munosabat bilan yuridik shaxslarda faoliyat yurituvchi rahbar xodimlarning bank plastik kartalariga kelib tushgan mablag‘lar yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha soliq hisobotlarida ko‘rsatilmagan daromadlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Soliq to‘lovchilarga esa xabarnomalar yuborilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda banklarning yirik va shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha ichki nazorati kuchaytirilishi xabar qilingandi. Ushbu qaror 9-avgustdan kuchga kiradi.
Hujjatga ko‘ra, bank hisobvarag‘i ochmasdan amalga oshiriladigan ayrim operatsiyalar bo‘yicha chegara 175 mln so‘m etib belgilanadi.
Shuningdek, 28 BHM — hozirda 11 536 000 so‘m va undan yuqori ichki elektron to‘lovlar hamda pul o‘tkazmalarida yuboruvchi va oluvchi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilishi talab etiladi.
Bundan tashqari, 16 yoshga to‘lmagan shaxs hisobvarag‘ida 40 BHM — hozirda 16 480 000 so‘mdan yuqori mablag‘ harakati, shuningdek, kartadan kartaga yoki elektron hamonlarga 30 kun ichida 500 BHM — hozirda 206 mln so‘m va undan yuqori pul o‘tkazish shubhali operatsiya belgilari qatoriga kiritilgan.
Kartaga bir yoki bir nechta karta yoki elektron hamondan 30 kun ichida 1000 BHM — hozirda 412 mln so‘m va undan yuqori mablag‘ tushishi ham bank nazoratiga tushishi mumkin bo‘lgan holatlardan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2026
Endi Uzcard kartasidan kredit uchun pul avtomatik yechilganda ham, 1,23 mln so‘m qoladi
Yangiliklar lentasi
0