https://oz.sputniknews.uz/20260512/issiqxonalar-toza-energiya-texnologiyalar-qollanish-57515719.html
Issiqxonalarda ko‘mir o‘rniga toza energiya texnologiyalari qo‘llanishi mumkin
Issiqxonalarda ko‘mir o‘rniga toza energiya texnologiyalari qo‘llanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi vakili Behruz Mirzayevga ko‘ra, O‘zbekiston yashil vodorod, biogaz, geotermal energiya va issiqlik nasoslari loyihalarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
2026-05-12T17:34+0500
2026-05-12T17:34+0500
2026-05-12T17:39+0500
energetika vazirligi
ekologiya
o‘zbekiston
yashil energiya
elektr energiyasi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57515530_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_267ab36d7ca0550d9f496aed4f40964e.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda asosan ko‘mirda ishlaydigan issiqxonalarda issiqlik nasoslari, biogaz va boshqa toza energiya texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Ekologik diplomatiya departamenti rahbari Behruz Mirzayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yashil vodorod, biogaz va geotermal energiya sohasidagi loyihalarni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.Italiya kompaniyalari bilan birgalikda transport uchun yashil vodorod texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Global Green Growth Institute bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yashil vodorod bozorini o‘rganish loyihasi boshlangan.Uning ta’kidlashicha, “yashil” energetikani rivojlantirish issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Parij bitimi doirasida 2035-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 50 foizga qisqartirish va 2050-yilgacha uglerod neytralligiga erishish majburiyatini olgan.2017 yilda mamlakatdagi issiqxona gazlari chiqindilarining qariyb 80 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri kelgan. O‘zgidrometning 2022-yilgi hisobotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 65 foizgacha pasaygan.Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida havoni tozalash uchun yangi filtrlar o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Bunday filtrlardan biri yaqinda Toshkent IESda o‘rnatilgan, kelgusi yil yana ikkita filtr o‘rnatish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260324/issiqxonalar-avtomobillar-loyihalar-maqullanish-56464989.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57515530_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_39e988d9c6719c24c4d6aa646462404b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika vazirligi, ekologiya , o‘zbekiston, yashil energiya, elektr energiyasi, jamiyat
energetika vazirligi, ekologiya , o‘zbekiston, yashil energiya, elektr energiyasi, jamiyat
Issiqxonalarda ko‘mir o‘rniga toza energiya texnologiyalari qo‘llanishi mumkin
17:34 12.05.2026 (yangilandi: 17:39 12.05.2026) O‘zbekistonda asosan ko‘mirda ishlaydigan issiqxonalarda issiqlik nasoslari, biogaz va boshqa toza energiya texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda asosan ko‘mirda ishlaydigan issiqxonalarda issiqlik nasoslari, biogaz va boshqa toza energiya texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Energetika vazirligi Ekologik diplomatiya departamenti rahbari Behruz Mirzayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yashil vodorod, biogaz va geotermal energiya sohasidagi loyihalarni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Italiya kompaniyalari bilan birgalikda transport uchun yashil vodorod texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Global Green Growth Institute bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yashil vodorod bozorini o‘rganish loyihasi boshlangan.
“Issiqxonalarda toza energiya bo‘lishi uchun yangi texnologiyalarni joriy etish haqida o‘ylayapmiz”, — dedi Mirzayev.
Uning ta’kidlashicha, “yashil” energetikani rivojlantirish issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Parij bitimi doirasida 2035-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 50 foizga qisqartirish va 2050-yilgacha uglerod neytralligiga erishish majburiyatini olgan.
2017 yilda mamlakatdagi issiqxona gazlari chiqindilarining qariyb 80 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri kelgan. O‘zgidrometning 2022-yilgi hisobotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 65 foizgacha pasaygan.
Mirzayevning aytishicha, O‘zbekiston 2030-yilga borib qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasi ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu yiliga taxminan 30 mln tonna SO2 chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida havoni tozalash uchun yangi filtrlar o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Bunday filtrlardan biri yaqinda Toshkent IESda o‘rnatilgan, kelgusi yil yana ikkita filtr o‘rnatish rejalashtirilgan.