Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Qurolli Kuchlari tinchlik sulhini 1365-marta buzdi

© Press-slujba Zapadnogo voyennogo okruga Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishZenitnie kompleksi "Pansir- S1" otrazili avianalet uslovnogo protivnika
Zenitnie kompleksi Pansir- S1 otrazili avianalet uslovnogo protivnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari Ukraina pozitsiyalariga raketa, artilleriya va minomotlardanjavob zarbasi berdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Kiyev Rossiya tashabbusi bilan G‘alaba kuni munosabati bilan e’lon qilingan tinchlik sulhni 1365-marta buzdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Bunga javoban Rossiya Qurolli Kuchlari yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi, artilleriya va minomotlardan Ukrainanng o‘q otish pozitsiyalariga javob zarbalarini berdi. Ular shuningdek, qo‘mondonlik punktlari va uchuvchisiz uchish apparatlari uchirish maydonchalariga zarba berishdi", deb yozdi vazirlik.
Ukraina Qurolli Kuchlari maxsus operatsiya zonasida artilleriya, raketa, minomot va tanklardan foydalangan holda 887 ta dron hujumini amalga oshirdi. Ular shuningdek, Rossiya hududlariga zarba berishda davom etishdi. Havodan mudofaa kuchlari 396 ta havo hujumi qurolini, jumladan, oltita raketani yo‘q qildi.
Sulh 8-may juma kuni kuchga kirdi va 10-maygacha davom etadi. Mudofaa vazirligi agar Ukraina harbiylari G‘alaba kuni bayramini nishonlashga xalaqit berishga urinsa, Kiyev markaziga raketa hujumi uyushtirishi haqida ogohlantirdi.
Moskva. Voyenniy parad, posvashenniy 80-letiyu Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
G‘alaba kuni sharafiga e’lon qilingan tinchlik boshlandi
Yangiliklar lentasi
0