YeOTB O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashiga a’zo bo‘ldi
YeOTB O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashiga a’zo bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashiga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. Kengash investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha maslahat organi hisoblanadi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashiga to‘laqonli a’zo sifatida kirdi. Bu haqda YeOTB matbuot xizmati xabar berdi.Xorijiy investorlar kengashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha maslahat organi hisoblanadi. Unga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi xalqaro moliya institutlari va yirik xorijiy kompaniyalar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqalar a’zo.YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzovning ta’kidlashicha, bankning ushbu kengashga kirishi uning Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanishidagi roli e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining yettinchi ishtirokchi davlatiga aylangan edi. Bank hozirda mamlakatda investitsiya loyihalarini rivojlantirish va mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda.
Ta’kidlanishicha, bankning ushbu kengashga kirishi uning Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanishidagi roli e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi..
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashiga to‘laqonli a’zo sifatida kirdi. Bu haqda YeOTB matbuot xizmati xabar berdi.
Xorijiy investorlar kengashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha maslahat organi hisoblanadi. Unga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi xalqaro moliya institutlari va yirik xorijiy kompaniyalar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqalar a’zo.
YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzovning ta’kidlashicha, bankning ushbu kengashga kirishi uning Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanishidagi roli e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.
“Biz xalqaro biznesning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rmoqdamiz va investorlar hamda davlat bilan muloqotda faol ishtirok etishga tayyormiz. O‘zbekistonning investitsiya jalb qilish salohiyatini oshirishga hissa qo‘shish va mintaqadagi bilim hamda tajribamiz bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining yettinchi ishtirokchi davlatiga aylangan edi. Bank hozirda mamlakatda investitsiya loyihalarini rivojlantirish va mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda.
Ma’lumot uchun, Yevroosiyo taraqqiyot banki Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi ko‘p tomonlama taraqqiyot banki hisoblanadi. 2025-yil dekabr oyi oxiriga kelib, bankning to‘plangan portfeli umumiy qiymati 19,6 mlrd dollar bo‘lgan 326 ta loyihani qamrab olgan.
YeOTB portfelida transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalaridagi loyihalar muhim o‘rin tutadi. Bank 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida Markaziy Osiyo suv-energetika majmuasi, Yevroosiyo transport karkasi va Yevroosiyo tovar tashish tarmog‘i kabi yirik yo‘nalishlarda ish olib bormoqda.