https://oz.sputniknews.uz/20260506/peshlavha-reklama-yangi-tartib-loyiha-57349111.html
Do‘kon peshlavhasi reklama hisoblanmaydi — yangi tartib loyihasi tayyorlandi
Do‘kon peshlavhasi reklama hisoblanmaydi — yangi tartib loyihasi tayyorlandi
Sputnik O‘zbekiston
Loyihaga ko‘ra, do‘kon, dorixona, kafe yoki sartaroshxona nomi va faoliyat turini ko‘rsatuvchi peshlavha reklama hisoblanmaydi. Bunday yozuvlar uchun reklama pasporti va to‘lov talab etilmaydi.
2026-05-06T11:20+0500
2026-05-06T11:20+0500
2026-05-06T11:20+0500
o‘zbekiston
jamiyat
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
reklama
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37278735_0:290:3071:2017_1920x0_80_0_0_faa4bd4d06a50c80476cf0aae7cf33e5.jpg
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi tashqi yozuvlar va peshlavhalarni joylashtirish tartibini aniqlashtiruvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorladi.Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, amaliyotda tashqi yozuv, peshlavha va tashqi reklama tushunchalari bo‘yicha turli kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu sababli loyihada “tashqi axborot vositasi”, “tashqi yozuv”, “peshlavha”, “e’lon” va “ma’lumotlar taxtasi” kabi tushunchalarga aniq ta’rif berilmoqda.Loyihaga ko‘ra, tashkilot nomi yoki faoliyat turini ko‘rsatuvchi peshlavhalar tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi. Masalan, “dorixona”, “sartaroshxona”, “milliy taomlar”, “supermarket”, “shifoxona”, “oziq-ovqat” yoki “qurilish mollari do‘koni” kabi yozuvlar shular jumlasidan.Biroq mahsulot yoki xizmatga e’tiborni jalb qilish, unga qiziqish uyg‘otish yoki uni bozorda ilgari surishga qaratilgan axborot reklama hisoblanadi.Xususiy binolarda tashqi reklama konstruksiyalarini joylashtirish huquqini beruvchi reklama joyi pasportini hokimliklar, Toshkent shahrida esa hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti rasmiylashtiradi.Raqobat qo‘mitasi esa reklama mazmunining qonunchilik talablariga mosligini nazorat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260505/prezident-takliflar-taqdimot-57342106.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37278735_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_147719c8336904507acda2541aed9977.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jamiyat, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , reklama
o‘zbekiston, jamiyat, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , reklama
Do‘kon peshlavhasi reklama hisoblanmaydi — yangi tartib loyihasi tayyorlandi
Loyihaga ko‘ra, do‘kon, dorixona, sartaroshxona yoki kafe nomi va faoliyat turi ko‘rsatilgan peshlavhalar uchun reklama pasporti olish va to‘lov qilish talab etilmaydi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi tashqi yozuvlar va peshlavhalarni joylashtirish tartibini aniqlashtiruvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorladi.
Qo‘mita
ma’lumotiga ko‘ra, amaliyotda tashqi yozuv, peshlavha va tashqi reklama tushunchalari bo‘yicha turli kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu sababli loyihada “tashqi axborot vositasi”, “tashqi yozuv”, “peshlavha”, “e’lon” va “ma’lumotlar taxtasi” kabi tushunchalarga aniq ta’rif berilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, tashkilot nomi yoki faoliyat turini ko‘rsatuvchi peshlavhalar tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi. Masalan, “dorixona”, “sartaroshxona”, “milliy taomlar”, “supermarket”, “shifoxona”, “oziq-ovqat” yoki “qurilish mollari do‘koni” kabi yozuvlar shular jumlasidan.
Bunday holatda tadbirkor egallab turgan binoning tashqi qismida o‘zi va faoliyat turi haqidagi ma’lumotni joylashtirsa, reklama joyi pasportini olishi va buning uchun to‘lov qilishi talab etilmaydi.
Biroq mahsulot yoki xizmatga e’tiborni jalb qilish, unga qiziqish uyg‘otish yoki uni bozorda ilgari surishga qaratilgan axborot reklama hisoblanadi.
Xususiy binolarda tashqi reklama konstruksiyalarini joylashtirish huquqini beruvchi reklama joyi pasportini hokimliklar, Toshkent shahrida esa hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti rasmiylashtiradi.
Raqobat qo‘mitasi esa reklama mazmunining qonunchilik talablariga mosligini nazorat qiladi.