Davlat geologiya muzeyi: 50 ming eksponat va 2 million yillik topilmalar

© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
1926 yilda bir xonadan boshlangan Davlat geologiya muzeyi bugun 50 mingga yaqin eksponat saqlanayotgan zamonaviy ilmiy-ma’rifiy markazga aylandi.
Davlat geologiya muzeyi tarixi 1926-yildan boshlanadi. Ilk bosqichda u atigi bir xonani egallagan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan eksponatlar soni ortib, muzey maydoni ham kengayib bordi. Geologlar tomonidan olib kelingan noyob topilmalar, tog‘ jinslari va minerallar muzey fondi shakllanishiga asos bo‘ldi.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
1976 yilda Hadra maydonida muzey uchun yangi bino qurish rejalashtirildi. 1987-yilda qurilish ishlari yakunlanib, 1988-yildan muassasa Geologiya vazirligi tasarrufidagi “Ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazi” sifatida faoliyat yurita boshladi.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
Markaz nafaqat geologik tadqiqotlar bilan shug‘ullandi, balki talabalar, o‘quvchilar va keng jamoatchilik uchun ekskursiyalar hamda tanishtiruv mashg‘ulotlarini tashkil etdi.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
Muzey geologiya sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun muhim o‘quv bazasiga aylandi. Bu yerda yerning paydo bo‘lishi, uning rivojlanish tarixi, vulqonlar, zilzilalar, paleontologiya va tabiiy boyliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar berib kelinmoqda. Yoshlarni sohaga jalb qilish maqsadida “Yosh geolog” olimpiadalari ham muntazam o‘tkazib kelingan.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayev
Davlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayev

“Davlat geologiya muzeyi — bu faqat eksponatlar jamlanmasi emas, balki yer sirlarini ochib beruvchi va kelajak geologlarini tarbiyalovchi ilmiy-ma’rifiy maskan”, — deydi muzey direktori Ahmadjon Ahmedshayev.

© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
© Sputnik / Baxrom XatamovYirtqich Dinozavr-Karnozavrning izi
Yirtqich Dinozavr-Karnozavrning izi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Yirtqich Dinozavr-Karnozavrning izi
2020 yilda qabul qilingan qaror asosida muzeyning yangi, zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan binosi foydalanishga topshirildi. Muzey geologiya sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun muhim o‘quv bazasiga aylandi. Bu yerda Yerning paydo bo‘lishi, uning rivojlanish tarixi, vulqonlar, zilzilalar, paleontologiya va tabiiy boyliklar haqida ma’lumotlar berib kelinmoqda. Yoshlarni sohaga jalb qilish maqsadida “Yosh geolog” olimpiadalari ham muntazam o‘tkazilgan.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
Yangi ekspozitsiya konsepsiyasi asosida tashkil etilgan muzeyda bugungi kunda 50 mingga yaqin eksponat saqlanmoqda. Ular minerallar, tog‘ jinslari, shliflar va boshqa noyob topilmalardan iborat.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
Muzeyning ko‘rgazma zallari uch qavatga joylashgan bo‘lib, eksponatlarni saqlash va o‘rganish zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda nafaqat mutaxassislar, balki o‘quvchilar va talabalar ham o‘z bilimlarini boyitish imkoniyatiga ega.
© Sputnik / Baxrom XatamovQadimgi fil Arxidiskodonning katta qoziq tishi
Qadimgi fil Arxidiskodonning katta qoziq tishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Qadimgi fil Arxidiskodonning katta qoziq tishi
Muzeydagi noyob eksponatlardan biri arxidiskodonlarga oid topilmalardir. Arxidiskodonlar fillar oilasining Archidiscodon urug‘iga mansub eng qadimiy vakillaridan hisoblanadi. Ular kech pliotsen davrida, taxminan 2–2,5 million yil avval yashagan bo‘lib, asosan savanna turidagi landshaftlarda tarqalgan.
Bu hayvonlarning bo‘yi yelka qismida taxminan 4,5 metrga yetgan. Ular asosan o‘tlar, shuningdek daraxt shoxlari va barglari bilan oziqlangan. Keyinchalik Archidiscodon urug‘ining evolyutsion yo‘nalishini mamontlar davom ettirgan.
2013 yil oktabr oyida Toshkent viloyatida, Ohangarondan janubi-sharqqa taxminan 20 kilometr masofada, Ovjasoy qishlog‘i yaqinida xartumlilar turkumiga mansub qadimiy hayvon qoldiqlari topilgan edi. Ushbu qoldiqlar uzoq vaqt yer ostida konservatsiyalangan holda saqlangan. Biroq ular yuzaga olib chiqilgandan so‘ng kislorod, harorat, atmosfera bosimi va boshqa omillar ta’sirida asta-sekin yemirila boshlagan.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi xalqaro hamkorlikni ham faol yo‘lga qo‘ygan. U turli xorijiy muzeylar, universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilib, O‘zbekistonning boy tabiiy resurslarini jahonga namoyish etib kelmoqda.
© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat geologiya muzeyi
Davlat geologiya muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Davlat geologiya muzeyi
2020 yilda muzeyga “Oliy toifali” maqomi berilishi uning nufuzini yanada oshirdi.
Yangiliklar lentasi
0