O‘zbekistonda qaysi soha xodimlari eng ko‘p maosh olmoqda

Obuna bo‘lish
Bankchi va sug‘urtachilarning o‘rtacha oyligi 18,5 mln so‘macha yetgan.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6,8 mln so‘mni tashkil etdi. O‘sish – 17,4 foiz.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori oylik bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik xizmatlari sohasida – 18,6 mln so‘m (yillik o‘sish — 18,2 foiz). Shuningdek, axborot va aloqa (16,5 mln so‘m, +11,0 foiz), tashish va saqlash (10,7 mln so‘m, +22,5 foiz), sanoat (8 mln so‘m, +16,1 foiz) hamda savdo (7,2 mln so‘m, +10,4 foiz) sohalarida o‘rtacha nominal oylik miqdori respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori shakllandi.
Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng pastligicha qolmoqda.
Ayni paytda ushbu sohalarda o‘rtacha oylikning yillik o‘sish sur’ati ham o‘rtachadan past shakllangan. Xususan, yanvar-mart oylarida ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 14,2 foizga o‘sib, 4,6 mln so‘mni tashkil etgan.
Sog‘liqni saqlashda o‘rtacha oylik ish haqi yillik o‘sishi 13 foizni tashkil etgan, o‘rtacha oylik miqdori esa boshqa sohalarga nisbatan eng past darajada — 4,1 mln so‘m.
Batafsil - Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0