“Elektron retsept” tizimi bekor qilinmaydi – SSV

© Sputnik / Baxrom Xatamov Zdanie Ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana

Zdanie Ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2026
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, yangi buyruq loyihasida Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tumanda beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga to‘liq o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
TOShKENT, 1may — Sputnik. O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi bekor qilinishi haqidagi xabarlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) rad etdi.
Vazirlik Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi yuzasidan tushuntirish berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur buyruq loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
SSVning 2025-yil 15-dekabrdagi 25-son buyrug‘ida “Elektron retsept” tizimi asosida beriladigan dori vositalarining ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantirilishi ko‘zda tutilgan.
Ya’ni birinchi bosqichda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘lishi belgilangan.
“Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da joylashgan barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga to‘liq o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan bog‘liq jarayonlar bundan mustasno bo‘ladi.
Yangi “elektron retsept” tizimi qanday ishlamoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Matbuot markazi
Yangi “elektron retsept” tizimi qanday ishlamoqda — video
Yangiliklar lentasi
0