https://oz.sputniknews.uz/20260430/uylar-yashil-hududlar-avtoturargoh-taqiq-57255355.html
Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlarni avtoturargohga aylantirish taqiqlandi
Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlarni avtoturargohga aylantirish taqiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish, betonlash, avtoturargoh sifatida foydalanish va daraxtlarni ruxsatsiz kesish taqiqlandi.
2026-04-30T17:31+0500
2026-04-30T17:31+0500
2026-04-30T17:38+0500
jamiyat
ko‘p kvartirali uylar
o‘zbekiston
avtomobil
daraxt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1418/32/14183256_0:4:1280:724_1920x0_80_0_0_98dd03f161708c1c1ff682e9d49db1d7.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi qoidalar belgilandi.Qoidalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uy va unga tutash yer uchastkasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlanadi. Xususan, bunday joylarni beton yoki boshqa materiallar bilan qoplash mumkin emas.Yangi qoidalarda daraxt va butalar bilan bog‘liq cheklovlar ham belgilangan. Unga ko‘ra, tegishli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boshqa joyga ko‘chirib ekish yoki kesish mumkin emas.Bundan tashqari, daraxtlarga arqon va sim bog‘lash, belanchaklar osish, reklama taxtalarini yopishtirish, yashil o‘simliklar bilan band maydonlarga turli materiallarni to‘plash taqiqlanadi.Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini metall parchalari, qurilish, maishiy va boshqa chiqindilar bilan to‘ldirishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.Shuningdek, gulzorlar, maysazorlar va yo‘laklarni chiqindilar bilan ifloslantirish, yashil o‘simliklar yaqinidagi yo‘laklarga zararli kimoviy moddalar sepish yoki ular bilan sug‘orish taqiqlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260430/bolalar-maydoncha-orindiqlar-uylar-talablar-57254855.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1418/32/14183256_50:31:1032:768_1920x0_80_0_0_86ae6b4d4c1295c306732445213f4616.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ko‘p kvartirali uylar, o‘zbekiston, avtomobil, daraxt
jamiyat, ko‘p kvartirali uylar, o‘zbekiston, avtomobil, daraxt
Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlarni avtoturargohga aylantirish taqiqlandi
17:31 30.04.2026 (yangilandi: 17:38 30.04.2026) Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yashil hududlarni betonlash, avtoturargohga aylantirish, daraxtlarni ruxsatsiz kesish va gulzorlarni ifloslantirish taqiqlandi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi qoidalar belgilandi.
Qoidalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uy va unga tutash yer uchastkasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlanadi. Xususan, bunday joylarni beton yoki boshqa materiallar bilan qoplash mumkin emas.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi ko‘kalamzor hududlar, bolalar va sport maydonchalari, katta yoshdagi aholining dam olish hamda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun mo‘ljallangan joylardan avtoturargoh sifatida foydalanish taqiqlandi.
Yangi qoidalarda daraxt va butalar bilan bog‘liq cheklovlar ham belgilangan. Unga ko‘ra, tegishli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boshqa joyga ko‘chirib ekish yoki kesish mumkin emas.
Bundan tashqari, daraxtlarga arqon va sim bog‘lash, belanchaklar osish, reklama taxtalarini yopishtirish, yashil o‘simliklar bilan band maydonlarga turli materiallarni to‘plash taqiqlanadi.
Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini metall parchalari, qurilish, maishiy va boshqa chiqindilar bilan to‘ldirishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, gulzorlar, maysazorlar va yo‘laklarni chiqindilar bilan ifloslantirish, yashil o‘simliklar yaqinidagi yo‘laklarga zararli kimoviy moddalar sepish yoki ular bilan sug‘orish taqiqlanadi.