https://oz.sputniknews.uz/20260430/russia-qoshinlar-ikki-qishloq-nazorat-57254121.html
Rossiya armiyasi ikki qishloqni nazoratga oldi: ularning biri UQK mudofaa tizimiga kirgan
Rossiya armiyasi ikki qishloqni nazoratga oldi: ularning biri UQK mudofaa tizimiga kirgan
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, “Shimol” va “Markaz” qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Korchakovka hamda DXRdagi Novoaleksandrovkani nazoratga olgan.
2026-04-30T18:06+0500
2026-04-30T18:06+0500
2026-04-30T18:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya mudofaa vazirligi
dunyo yangiliklari
ukraina
donesk xalq respublikasi (dxr)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/07/47881018_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_f9f7723de31e4ab346b38a119c50e1e0.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Korchakovka va Donesk Xalq Respublikasidagi Novoaleksandrovka qishloqlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Korchakovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatgan, “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari esa Novoaleksandrovka aholi punktini ozod qilgan.Harbiylar Ukraina kuchlarining o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qilib, ularni aholi punktidan tashqariga siqib chiqargan.Rossiya Mudofaa vazirligi “Shimol” qo‘shinlari guruhining faol harakatlari Ukraina kuchlarini davlat chegarasidan uzoqlashtirayotganini ta’kidladi.Shuningdek, Korchakovka frontning ushbu qismida Ukraina Qurolli kuchlarining mustahkamlangan mudofaa tizimiga kirgan ikkinchi aholi punkti bo‘lgani qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260429/russia-ikki-novodmitrovka-nazorat-57231327.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/07/47881018_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_736a17184210dc2b1d3240bba48d8b3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya mudofaa vazirligi, dunyo yangiliklari, ukraina, donesk xalq respublikasi (dxr), rossiya
rossiya mudofaa vazirligi, dunyo yangiliklari, ukraina, donesk xalq respublikasi (dxr), rossiya
Rossiya armiyasi ikki qishloqni nazoratga oldi: ularning biri UQK mudofaa tizimiga kirgan
Ozod qilingan Korchakovka Ukraina Qurolli kuchlarining mustahkamlangan mudofaa tizimiga kirgan qishloqlardan biri bo‘lgan
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Korchakovka va Donesk Xalq Respublikasidagi Novoaleksandrovka qishloqlarini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Korchakovka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatgan, “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari esa Novoaleksandrovka aholi punktini ozod qilgan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Shimol” guruhi motoo‘qchilari artilleriya va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari ko‘magida Korchakovkaga kirib, aholi punktida o‘rnashib olgan.
Harbiylar Ukraina kuchlarining o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qilib, ularni aholi punktidan tashqariga siqib chiqargan.
Rossiya Mudofaa vazirligi “Shimol” qo‘shinlari guruhining faol harakatlari Ukraina kuchlarini davlat chegarasidan uzoqlashtirayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, Korchakovka frontning ushbu qismida Ukraina Qurolli kuchlarining mustahkamlangan mudofaa tizimiga kirgan ikkinchi aholi punkti bo‘lgani qayd etildi.