Ikromov: O‘zbekistonda 7 mlndan ortiq fuqaro zilzilaga tayyorgarlik bo‘yicha o‘qitildi

© SputnikAzizbek Ikramov na mejdunarodnoy konferensii, posvashennoy Mejdunarodnomu dnyu pamati jertv zemletraseniy
Azizbek Ikramov na mejdunarodnoy konferensii, posvashennoy Mejdunarodnomu dnyu pamati jertv zemletraseniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aholini zilzilaga tayyorlash bo‘yicha milliy ta’lim platformasi ishga tushirilib, 7 milliondan ortiq fuqaro qamrab olindi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonda aholini zilzilaga tayyorlash bo‘yicha milliy ta’lim platformasi ishga tushirildi. U orqali 7 mlndan ortiq fuqaro tegishli bilimlarga ega bo‘ldi.
Bu haqda favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov Xalqaro zilzila qurbonlarini yod etish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Zilzilalarning mobil simulyatorlaridan foydalangan holda bir milliondan ortiq odamni qamrab olgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, unda zilziladan oldin, zilzila paytida va undan keyin harakat qilish ko‘nikmalari mashq qilindi", — dedi vazir.

Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, Respublika seysmoprognostik monitoring markazida O‘zbekiston hududida ham, transchegaraviy hududlarda ham seysmik xavf monitoringi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, ko‘p yillik tadqiqotlar asosida O‘zbekiston hududi seysmik mikrozonalarga bo‘lingan. Seysmologiya va qurilish muhandisligi sohasidagi ilmiy institutlar faoliyati kuchaytirilib, ixtisoslashtirilgan ilmiy muassasalar tashkil etilgan.
Favqulodda vaziyatlar vaziri mamlakatda neft-gaz konlari, qattiq foydali qazilma konlari va suv omborlari monitoringining avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilganini ham ma’lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda tarixiy-madaniy meros obyektlari va transport infratuzilmasining zilzilabardoshligini monitoring qilish tizimi tashkil etilgan.
Ikromov aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash ishlari davom etayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, amaliy mashg‘ulotlarda fuqarolarga zilziladan oldin, zilzila paytida va undan keyin qanday harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalar beriladi.
Achilbay Ramatov na mejdunarodnoy konferensii, posvashennoy Mejdunarodnomu dnyu pamati jertv zemletraseniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
Ramatov: O‘zbekistonda zilzilalarni onlayn kuzatish stansiyalari soni 250 taga yetdi
Yangiliklar lentasi
0