https://oz.sputniknews.uz/20260429/central-asia-zilzilala-tayyorgarlik-hamkorlik-57227739.html
Markaziy Osiyo davlatlari zilzilalarga tayyorgarlik va ofatdan tiklanishda hamkorlik qiladi
Markaziy Osiyo davlatlari zilzilalarga tayyorgarlik va ofatdan tiklanishda hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari seysmik barqarorlikni oshirish bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi.
2026-04-29T17:06+0500
2026-04-29T17:06+0500
2026-04-29T17:06+0500
markaziy osiyo
yaponiya
bmt
zilzila
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1d/57226971_0:372:2730:1908_1920x0_80_0_0_952e3317a0664a5194fd3f65c6325bf7.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkentda Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Unda Markaziy Osiyo davlatlari zilzilalarga tayyorgarlikni kuchaytirish, barvaqt ogohlantirish mexanizmlarini rivojlantirish va ofatlardan keyin samarali tiklanish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi.Hujjatda ma’lumot almashish, barvaqt ogohlantirishning qo‘shma mexanizmlarini rivojlantirish, institutsional salohiyatni oshirish va mintaqaviy sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni O‘zbekiston tashabbusi bilan 2025-yilda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi asosida ta’sis etilgan. Bu sana ilk bor xalqaro miqyosda nishonlanmoqda.Markaziy Osiyo dunyoning seysmik faol mintaqalaridan biri hisoblanadi. Har yili mintaqada 23 mingdan ortiq zilzila qayd etiladi. Toshkent, Ashxobod, Olmaota, Chotqol va Hayitdagi vayronkor zilzilalar haqidagi tarixiy xotira bu yo‘nalishda birgalikda harakat qilish zarurligini ko‘rsatadi.Faxriy mehmonlar orasida O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov, BMT Bosh kotibining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maxsus vakili Kamol Kishor va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xirata Kendzi bor.Tadbir doirasida Yaponiya hukumati tomonidan 4,9 million dollar miqdorida moliyalashtirilayotgan hamda Favqulodda vaziyatlar va ofatlar xavfini kamaytirish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Markaziy Osiyo mintaqasida ofatlar xavfini kamaytirish tizimini kuchaytirish" yangi mintaqaviy loyihasi taqdim etildi.Unda mintaqaviy muvofiqlashtirishni kuchaytirish, zilzilalarni kuzatish va barvaqt ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260429/uzbekistan-zilzila-tayyorgarlik-oqitilish-57219821.html
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1d/57226971_217:319:2523:2048_1920x0_80_0_0_4d65dbb981c35635878365c284547872.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo, yaponiya, bmt, zilzila, jamiyat
markaziy osiyo, yaponiya, bmt, zilzila, jamiyat
Markaziy Osiyo davlatlari zilzilalarga tayyorgarlik va ofatdan tiklanishda hamkorlik qiladi
Markaziy Osiyo davlatlari zilzilalarga tayyorgarlik, barvaqt ogohlantirish va ofatlardan keyin tiklanish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkentda Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Unda Markaziy Osiyo davlatlari zilzilalarga tayyorgarlikni kuchaytirish, barvaqt ogohlantirish mexanizmlarini rivojlantirish va ofatlardan keyin samarali tiklanish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi.
Bayonot seysmik barqarorlikni mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish va samarali tiklanishni ta’minlash bo‘yicha umumiy yondashuvni tasdiqlaydi.
Hujjatda ma’lumot almashish, barvaqt ogohlantirishning qo‘shma mexanizmlarini rivojlantirish, institutsional salohiyatni oshirish va mintaqaviy sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni O‘zbekiston tashabbusi bilan 2025-yilda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi asosida ta’sis etilgan. Bu sana ilk bor xalqaro miqyosda nishonlanmoqda.
Markaziy Osiyo dunyoning seysmik faol mintaqalaridan biri hisoblanadi. Har yili mintaqada 23 mingdan ortiq zilzila qayd etiladi. Toshkent, Ashxobod, Olmaota, Chotqol va Hayitdagi vayronkor zilzilalar haqidagi tarixiy xotira bu yo‘nalishda birgalikda harakat qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Tadbirda 22 ta mamlakatdan 300 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar vakillari hamda seysmologiya va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish sohasi ekspertlari qatnashdi.
Faxriy mehmonlar orasida O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov, BMT Bosh kotibining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maxsus vakili Kamol Kishor va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xirata Kendzi bor.
Tadbir doirasida Yaponiya hukumati tomonidan 4,9 million dollar miqdorida moliyalashtirilayotgan hamda Favqulodda vaziyatlar va ofatlar xavfini kamaytirish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Markaziy Osiyo mintaqasida ofatlar xavfini kamaytirish tizimini kuchaytirish" yangi mintaqaviy loyihasi taqdim etildi.
Unda mintaqaviy muvofiqlashtirishni kuchaytirish, zilzilalarni kuzatish va barvaqt ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish ko‘zda tutilgan.