Ruhiy holati buzilgan nogironligi bor shaxslar uchun “Madad” uylari tashkil etiladi
Ruhiy holati buzilgan nogironligi bor shaxslar uchun “Madad” uylari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoniga ko‘ra, aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qo‘yilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Yangi kun”, “Madad” uylari va “Ijtimoiy ta’til” xizmatlari joriy etiladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ruhiy holatida buzilishlari mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Madad” uylari va kunduzgi qarab turish xizmati joriy etiladi.Prezidentning ijtimoiy himoya xizmatlarini takomillashtirishga oid farmoniga ko‘ra, mo‘’tadil, og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qo‘yilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi ijtimoiy xizmatlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.Jumladan, 2026-yil 1-iyunga qadar “Yangi kun” kunduzgi qarab turish xizmati, 1-sentabrga qadar uy sharoitida qarab turish xizmati, 1-oktabrga qadar kichik hajmli “Madad” uyi xizmati tashkil etiladi.“Ijtimoiy ta’til” xizmati qonuniy vakil bilan tuziladigan shartnoma asosida yiliga bir marta, ko‘pi bilan ikki hafta muddatga taqdim etiladi.2026 yil 1-iyundan tuman va shahar hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari tarkibiga “Inson” markazlari xodimlari kiritiladi. Shu sanadan boshlab ruhiy holati buzilgan shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlangan shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishi “Inson” markazlari tomonidan monitoring qilib boriladi.
Ruhiy holatida buzilishlari mavjud I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Yangi kun”, “Madad” uyi va “Ijtimoiy ta’til” xizmatlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ruhiy holatida buzilishlari mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Madad” uylari va kunduzgi qarab turish xizmati joriy etiladi.
Prezidentning ijtimoiy himoya xizmatlarini takomillashtirishga oid farmoniga ko‘ra, mo‘’tadil, og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qo‘yilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi ijtimoiy xizmatlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan, 2026-yil 1-iyunga qadar “Yangi kun” kunduzgi qarab turish xizmati, 1-sentabrga qadar uy sharoitida qarab turish xizmati, 1-oktabrga qadar kichik hajmli “Madad” uyi xizmati tashkil etiladi.
2026 yil 1-noyabrga qadar esa “Ijtimoiy ta’til” qisqa muddatli joylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu xizmat “Madad” uylarida tashkil etilib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladi.
“Ijtimoiy ta’til” xizmati qonuniy vakil bilan tuziladigan shartnoma asosida yiliga bir marta, ko‘pi bilan ikki hafta muddatga taqdim etiladi.
2026 yil 1-iyundan tuman va shahar hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari tarkibiga “Inson” markazlari xodimlari kiritiladi. Shu sanadan boshlab ruhiy holati buzilgan shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlangan shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishi “Inson” markazlari tomonidan monitoring qilib boriladi.
O‘zbekiston prezidenti saytidagi ma’lumotga ko‘ra, yangi xizmatlar 2026-yilda 8,3 ming nafar ruhiy holatida buzilishlari mavjud shaxsni qamrab olishi rejalashtirilgan. Xizmatlar davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘rsatiladi, 600 tagacha nodavlat tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkor jalb etilishi ko‘zda tutilgan. Xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya shaklida qoplanadi.