O‘zbekistonda “G‘alaba diktanti”: 400 dan ortiq kishi urush tarixi bo‘yicha bilimlarini sinadi
17:50 26.04.2026 (yangilandi: 10:35 27.04.2026)

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Mamlakat bo‘ylab 400 dan ortiq kishi “G‘alaba diktanti”da qatnashdi. Test savollari Ulug‘ Vatan urushi tarixi va o‘sha yillardagi O‘zbekistonga bag‘ishlandi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkentdagi Rus uyida 50 nafardan ortiq kishi “G‘alaba diktanti”ni yozdi. Xalqaro tarixiy aksiya, shuningdek, Toshkent, Qarshi va Buxorodagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari hamda umumta’lim maktablari bazasida ham o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Mamlakat bo‘ylab xalqaro tarixiy aksiyada oflayn formatda jami 400 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Diktant onlayn formatda ham o‘tkazildi”, — dedi Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yoshlar vatanparvarlik loyihalari koordinatori Sergey Yejkov.
Rus uyida o‘tkazilgan “G‘alaba diktanti”da “Xorijdagi rossiyalik o‘qituvchisi” loyihasi pedagoglari ham faol ishtirok etdi.

V Uzbekistane sostoyalas aksiya "Diktant Pobedi"
© Sputnik
“Men chet elda ishlayman va men uchun bu aksiya, birinchi navbatda, Vatan bilan aloqa va ajdodlar xotirasidir. Chunki sobiq Sovet Ittifoqi fuqarolarining deyarli har birining qarindoshlari frontda jang qilgan yoki front ortida mehnat qilgan, ko‘plari halok bo‘lgan. Bugun Ulug‘ G‘alabani eslash va bu haqda yoshlarga so‘zlab berish muhim — o‘sha dahshatli voqealar takrorlanmasligi uchun”, — dedi hozirda Toshkent shahridagi 210-umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan rossiyalik kimyo o‘qituvchisi Igor Krinitsin.
Rus uyidagi “G‘alaba diktanti”da yoshlar ham ishtirok etdi. Ulardan biri — International House Tashkent akademik litseyi o‘quvchisi Arina Penkova. U aksiyada birinchi marta qatnashganini va juda hayajonlanganini aytdi. Shu bilan birga, uning fikricha, bunday tadbirlar juda muhim.

V Uzbekistane sostoyalas aksiya "Diktant Pobedi"
© Sputnik
“Oilamizda harbiy mexanik bo‘lgan, butun urushni boshdan kechirib, medal va mukofotlar bilan qaytgan katta bobomning xotirasi ehtirom bilan saqlanadi. Biz har yili “O‘lmas polk” aksiyasida ishtirok etamiz. Men shaxsan katta bobomning suratini maktab hovlisida katta g‘urur bilan ko‘tarib yurganman”, — dedi u.
“G‘alaba diktanti” an’anaviy tarzda test shaklida o‘tkazildi va 25 ta savolni o‘z ichiga oldi. Ulardan 20 tasi Ulug‘ Vatan urushining asosiy voqealari, xotira sanalar va qahramonlar bilan bog‘liq umumtarixiy savollar bo‘ldi. Yana 5 ta savol esa o‘sha yillardagi O‘zbekistonga bag‘ishlandi.
Ishtirokchilar diktant natijalari bilan Diktantpobedi.rf saytida maxsus kod orqali tanishishlari mumkin.
Diktantdan so‘ng barcha xohlovchilar yana bir aksiya — “G‘alaba xati”da ishtirok etib, Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan Ulug‘ Vatan urushi faxriylariga o‘z tilaklari va minnatdorchilik so‘zlarini yozish imkoniga ega bo‘ldi. Ushbu xatlar G‘alaba bayrami arafasida faxriylarga topshiriladi.
