Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xarkov viloyatidagi Bochkovo aholi punkti Rossiya nazoratiga o‘tdi

© RIA Novosti / /Aleksey MayshevMorpex RF rasskazal o snijenii intensivnosti strelkovix boyev v zone SVO
Morpex RF rasskazal o snijenii intensivnosti strelkovix boyev v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy sanoat majmuasi va port infratuzilmasiga zarba berdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. "Shimol" kuchlar guruhining hujumchi brigadalar Xarkov viloyatidagi "Bochkovo" qishlog‘ini egallab oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

"Asosiy maqsad okoplarni egallab olish edi. Keyin esa ularni asosiy kuchlarga topshirish edi. Biz istehkomni egallab oldik. O‘ndan ortiq Ukraina askarlari yo‘q qilindi", - dedi chaqiruv belgisi "Pulya" bo‘lgan qo‘mondon.

Hujumdan oldin askarlar razvedka ma’lumotlari asosida jangovar operatsiyalarni mashq qilishdi. Ular joy relyefi va Ukina askarlarining harakat yo‘nalishlarini va o‘q otish pozitsiyalarini oldindan bilar edi, deb ta’kidladi Pulya.
© SputnikSelo "Bochkovo" pereshlo pod kontrol rossiyskiy voysk
Selo Bochkovo pereshlo pod kontrol rossiyskiy voysk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2026
Selo "Bochkovo" pereshlo pod kontrol rossiyskiy voysk
Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi hafta ichida "Shimol" kuchlar guruhi Veterinarnoe qishlog‘ini nazoratga oldi va 1300 dan ortiq UQK askarlari, sakkizta zirhli jangovar mashina, 96 ta mashina, sakkizta dala artilleriya qurollari, 13 ta elektron kurash stansiyalari hamda 71 ta o‘q-dori, yoqilg‘i va ta’minot omborlarini yo‘q qildi.

O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari jami 1125 nafar harbiy xizmatchilari, 3ta tanki, 4ta dala artillerya qurollari, 38ta harbiy avtomobil va 256ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0