https://oz.sputniknews.uz/20260421/trump-iran-zarbalar-boshlanish-57026203.html
Tramp zarbalar qayta boshlanishi mumkinligini aytdi, Eron esa urushga tayyorligini bildirmoqda
Tramp zarbalar qayta boshlanishi mumkinligini aytdi, Eron esa urushga tayyorligini bildirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Donalmd Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi uzaytirilmasligi mumkinligini aytdi va yangi zarbalar bilan tahdid qildi. Tehron esa bosim ostida muzokara qilmasligini bildirdi.
2026-04-21T11:28+0500
2026-04-21T11:28+0500
2026-04-21T11:28+0500
dunyo yangiliklari
aqsh – eron mojarosi
donald tramp
jey vens
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51183289_0:137:2535:1563_1920x0_80_0_0_edf834f5195a0e52086a7c013994f2d6.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donalmd Tramp Eron bilan mojaroda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha amaldagi kelishuv Vashington vaqti bilan chorshanba kechqurun tugashini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kelishuvga erishilmasa, jangovar harakatlar qayta boshlanishi mumkin.Tramp, shuningdek, vitse-prezident Jey Di Vens ishtirokidagi AQSh delegatsiyasi Eron bilan muzokaralar uchun Islomobodga yo‘l olganini bildirdi.Shu bilan birga, u dushanba kuni Eron muzokaralardan bosh tortsa, misli ko‘rilmagan muammolarga duch kelishi bilan tahdid qildi.Amerika rahbari vaqtinchalik kelishuv uzaytirilishi ehtimoli pastligini aytdi va agar u uzaytirilmasa, Eronga qarshi kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi. U avvalroq Tehron kelishuvni qabul qilmasa, Eronning elektr stansiyalari va ko‘priklariga hujumlar bo‘lishi mumkinligini ham aytgan edi.Shu bilan birga, Tramp demokratlar uni Eron bilan tezroq kelishuv tuzishga undayotganini, ammo u bunday bosimga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.Eron esa bu tahdidlarga nisbatan ancha vazmin munosabat bildirdi. Prezident Mas’ud Pezeshkiyon AQShning so‘nggi harakatlari va bayonotlarini konstruktiv emas deb atab, Tehron bosim ostida taslim bo‘lmasligini ta’kidladi.Eron parlamenti spikeri Muhammad Bagir G‘olibof esa Eron tahdidlar ostida AQSh bilan muzokara olib bormasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida Tehron “jang maydonida yangi kartalarni o‘ynash”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260419/usa-muzokara-delegatsiya-iran-56985464.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51183289_136:0:2400:1698_1920x0_80_0_0_5dd0c9acb2e50d7f25b379b081e35546.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donald tramp, eron, aqsh, islomobod, muzokaralar, o‘t ochishni to‘xtatish, mas’ud pezeshkiyon, abbos arakchi, muhammad bagir g‘olibof, tahdid, zarbalar, vashington, tehron
donald tramp, eron, aqsh, islomobod, muzokaralar, o‘t ochishni to‘xtatish, mas’ud pezeshkiyon, abbos arakchi, muhammad bagir g‘olibof, tahdid, zarbalar, vashington, tehron
Tramp zarbalar qayta boshlanishi mumkinligini aytdi, Eron esa urushga tayyorligini bildirmoqda
Tramp Eron bilan kelishuv uzaytirilmasa, jangovar harakatlar qayta boshlanishi va yangi zarbalar bo‘lishi mumkinligini aytdi, Tehron esa tahdidlar ostida muzokara olib bormasligini aytdi
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donalmd Tramp Eron bilan mojaroda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha amaldagi kelishuv Vashington vaqti bilan chorshanba kechqurun tugashini
aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kelishuvga erishilmasa, jangovar harakatlar qayta boshlanishi mumkin.
Tramp, shuningdek, vitse-prezident Jey Di Vens ishtirokidagi AQSh delegatsiyasi Eron bilan muzokaralar uchun Islomobodga yo‘l olganini bildirdi.
Biroq Reuters xabariga ko‘ra, sharqiy vaqt bilan soat 12:00 holatiga kelib, Vens hali ham Vashingtonda bo‘lgan. Shu bilan birga, Tramp Eron delegatsiyasi muzokaralarga keladimi-yo‘qmi, bu unga farqi yo‘qligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u dushanba kuni Eron muzokaralardan bosh tortsa, misli ko‘rilmagan muammolarga duch kelishi bilan tahdid qildi.
Amerika rahbari vaqtinchalik kelishuv uzaytirilishi ehtimoli pastligini aytdi va agar u uzaytirilmasa, Eronga qarshi kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi. U avvalroq Tehron kelishuvni qabul qilmasa, Eronning elektr stansiyalari va ko‘priklariga hujumlar bo‘lishi mumkinligini ham aytgan edi.
Shu bilan birga, Tramp demokratlar uni Eron bilan tezroq kelishuv tuzishga undayotganini, ammo u bunday bosimga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.
Eron esa bu tahdidlarga nisbatan ancha vazmin munosabat bildirdi. Prezident Mas’ud Pezeshkiyon AQShning so‘nggi harakatlari va bayonotlarini konstruktiv emas deb atab, Tehron bosim ostida taslim bo‘lmasligini ta’kidladi.
Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchining so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning sulhni buzishi, Eron kemalariga hujumlar, tahdidli bayonotlar va qarama-qarshi pozitsiyasi muzokaralarni davom ettirish uchun asosiy to‘siq bo‘lmoqda.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Bagir G‘olibof esa Eron tahdidlar ostida AQSh bilan muzokara olib bormasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida Tehron “jang maydonida yangi kartalarni o‘ynash”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.