https://oz.sputniknews.uz/20260421/elektr-gaz-narx-oshish-xabarlar-asos-57035202.html
1 maydan elektr va gaz narxi oshadimi?
1 maydan elektr va gaz narxi oshadimi?
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan elektr va gaz tariflari oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Hujjatlarga ko‘ra, 2026-yildan tariflar har yili 1-maydan inflyatsiyadan kelib chiqib, 10 foizdan oshmagan miqdorda indeksatsiya qilinishi mumkin
2026-04-21T15:21+0500
2026-04-21T15:21+0500
2026-04-21T15:30+0500
elektr energiyasi
gaz
narx-navo
ijtimoiy tarmoq
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57034613_0:80:1536:944_1920x0_80_0_0_677521fd7f484681b41283754ef5b20e.png
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 1-maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari 10 foizga oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu mavzudagi asosiy savol — gap shunchaki mish-mishlar haqida ketaptimi yoki bunga huquqiy asos bormi.Amaldagi qonunchilikka murojaat qilinsa, 2025-yilda Lex.uz portalida e’lon qilingan hukumat qaroriga ko‘ra, 2026-yildan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan yillik inflyatsiyadan kelib chiqqan holda, 10 foizdan oshmagan miqdorda indeksatsiya qilinishi belgilanganini ko‘rish mumkin.Statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil mart oyida yillik iste’mol narxlari indeksi 107,1 foizni tashkil etgan. Oddiy qilib aytganda, bu yillik inflyatsiya taxminan 7,1 foiz bo‘lganini anglatadi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardagi “10 foiz qimmatlaydi” degan da’vo hozircha rasman tasdiqlangan raqam emas, balki qonunda belgilangan eng yuqori chegaradan kelib chiqqan taxmindir.
https://oz.sputniknews.uz/20251203/kazakhstan-elektr-tariflar-muzlatilish-53906489.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57034613_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_89f83de9f9c072da7d74036bbca78b5d.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr tariflari, gaz tariflari, 1-may, o‘zbekiston, tariflar oshishi, elektr qimmatlaydi, gaz qimmatlaydi, inflyatsiya, lex.uz, hukumat qarori, kommunal tariflar
elektr tariflari, gaz tariflari, 1-may, o‘zbekiston, tariflar oshishi, elektr qimmatlaydi, gaz qimmatlaydi, inflyatsiya, lex.uz, hukumat qarori, kommunal tariflar
1 maydan elektr va gaz narxi oshadimi?
15:21 21.04.2026 (yangilandi: 15:30 21.04.2026) Ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan elektr va gaz qimmatlashi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu bo‘yicha hozircha rasmiy tasdiq yo‘q
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 1-maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari 10 foizga oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu mavzudagi asosiy savol — gap shunchaki mish-mishlar haqida ketaptimi yoki bunga huquqiy asos bormi.
Amaldagi qonunchilikka murojaat qilinsa, 2025-yilda Lex.uz portalida e’lon qilingan hukumat
qaroriga ko‘ra, 2026-yildan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan yillik inflyatsiyadan kelib chiqqan holda, 10 foizdan oshmagan miqdorda indeksatsiya qilinishi belgilanganini ko‘rish mumkin.
Ammo rasmiy manbalarda 1-maydan tariflar aynan 10 foizga oshishi haqida alohida xabar yoki yangi tarif jadvali uchramadi. Qonunchilikda hozircha faqat indeksatsiya mexanizmi va eng yuqori chegara (10 foiz) belgilangan.
Statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil mart oyida yillik iste’mol narxlari indeksi 107,1 foizni tashkil etgan. Oddiy qilib aytganda, bu yillik inflyatsiya taxminan 7,1 foiz bo‘lganini anglatadi.
Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardagi “10 foiz qimmatlaydi” degan da’vo hozircha rasman tasdiqlangan raqam emas, balki qonunda belgilangan eng yuqori chegaradan kelib chiqqan taxmindir.