Mirziyoyev xorijda yuqori daromadli ishga tayyorlash va himoya choralarini ma’qulladi

© Ministerstva zdravooxraneniya V Uzbekistane opredelili luchshix medsester
V Uzbekistane opredelili luchshix medsester - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish, fuqarolarni xorijdagi yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlash va ularni himoya qilish choralari bilan tanishdi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish, fuqarolarni xorijdagi yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlash va ularni himoya qilish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Bugungi kunda yurtdoshlarimiz 40 ga yaqin davlatda mehnat qilmoqda, xorijda ishlayotgan fuqarolar soni 1,2 million nafarni tashkil etadi.
Xorijdan til va kasb talablariga javob beradigan 100 mingdan ortiq mutaxassisga buyurtma kelib tushgan. Jumladan, Germaniyaga 40 ming hamshira, Yaponiyaga 15 ming qurilish, logistika va servis sohalari mutaxassislari zarur.
Bu ehtiyojni qoplashda Germaniya, Koreya va Yaponiya kompaniyalari bilan texnikumlar negizida yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim loyihalari muhim o‘rin tutmoqda. “Kasb plyus til” tamoyili asosidagi 12 ta loyihada 8,5 ming fuqaro o‘qimoqda, 3 ming nafar bitiruvchi esa ishga joylashgan.
Endilikda bunday loyihalar sonini 20 taga yetkazish, talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillarga o‘qitish qamrovini 50 foizga kengaytirish, o‘quvchilar sonini 10 ming nafardan oshirish rejalashtirilgan. Toshkent shahrida 12 ta kasb, 7 ta chet tili, 6 ta sertifikat imtihoni va 600 o‘rinli kampusni qamrab olgan maqsadli tayyorlash markazi tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, Andijon, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent shahridagi tibbiyot texnikumlarida hamshiralarni xalqaro imtihonlarga tayyorlash kurslari ochiladi.
Qurilish sohasida betonchi, qolipchi, armatura to‘quvchi va payvandlovchilarni tayyorlash hamda malakasini baholash markazlari kengaytiriladi.
Hududlarda yagona migratsiya markazlari va haydovchilikka o‘qitish xablarini tashkil etish taklif qilindi. Agrar va turizm sohalaridagi 12 ta yangi xalqaro bitim asosida AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya va Koreya bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi.
Taqdimotda yangi moliyaviy mexanizmlar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, chet tilini o‘rganish xarajatlarining 50 foizini, kasbiy malaka imtihoni xarajatlarini esa to‘liq qoplab berish, mablag‘ni o‘quv markazlariga emas, fuqaroning o‘ziga ajratish taklif etildi.
“Xorijda ish” platformasini takomillashtirish va unga sun’iy intellektni joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbari Migratsiya agentligi faoliyati nafaqat tashqi mehnat migratsiyasi, balki ichki mehnat bozorini ham sifatli kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘i, yashash va mehnat sharoitlarini doimiy monitoring qilish zarurligi qayd etildi.
Qayd etilishicha, 37 ta davlatda qo‘llab-quvvatlash ishlari yo‘lga qo‘yilib, 48 ming nafar fuqaroga ijtimoiy, 17 ming nafariga huquqiy va 6 ming nafariga moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Prezident takliflarni ma’qulladi.
Toshkentda rus tilidan imtihonni qanday topshirishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2026
Patent uchun sertifikat: Toshkentda rus tilidan imtihonni qayerda topshirish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0