Innopromda Toshkent metrosidagi quyosh panellari, SI va intervallar bo‘yicha yangiliklar aytildi

© telegram sputnikuzbekistan🟠 V Tashkentskom metro reshayut voprosi s rasxodami elektroenergii posredstvom ustanovki solnechnix paneley
🟠 V Tashkentskom metro reshayut voprosi s rasxodami elektroenergii posredstvom ustanovki solnechnix paneley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati intervali qisqardi, metro obyektlarida quyosh panellari ishga tushirildi. 2027-yilgacha boshqaruv tizimi ham yangilanadi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent metropolitenida poyezdlar intervali qisqardi, quyosh panellari o‘rnatildi va boshqaruv tizimi yangilanmoqda. Bu haqda Innoprom doirasida metro bosh muhandisi o‘rinbosari Akmal Aliqulov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Aliqulovning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yildan boshlab metro hududida umumiy quvvati 3800 kilovatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari boshlangan.
Xususan, “Chilonzor” elektr deposida quvvati 1060 kilovatt bo‘lgan stansiya o‘rnatilgan bo‘lib, u depo ehtiyojini to‘liq qoplamoqda.
Ortiqcha elektr quvvati shahar tarmog‘iga uzatilmoqda. 2024-yilda bu hajm 603 040 kilovatt-soatni, 2025-yilda esa 625 200 kilovatt-soatni tashkil etgan.
Shuningdek, “Chinor” stansiyasida 150 kilovattli quyosh panellari o‘rnatilgan. “O‘zbekiston” elektr deposida esa quvvati 2640 kilovatt bo‘lgan stansiya ishga tushirilgan. U 2025-yilda 18 390 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkichni 532 440 kilovatt-soatga yetkazish rejalashtirilgan.
Aliqulovning ta’kidlashicha, metro liniyalarida poyezdlar harakati intervali ham qisqargan.
Jumladan, Chilonzor liniyasida u 5 daqiqadan 1,5 daqiqagacha, O‘zbekiston liniyasida 6 daqiqadan 4 daqiqagacha, Yunusobod liniyasida 11 daqiqadan 5 daqiqagacha, yer usti halqa liniyasida esa 12 daqiqadan 8 daqiqagacha kamaytirilgan.
Bundan tashqari, 2027-yil fevraligacha Toshkent metropoliteni yo‘l harakatini tashkil etish umumshahar markaziga to‘liq integratsiya qilinadi. Qayd etilishicha, sun’iy intellektga asoslangan tizim kameralar va datchiklar orqali yo‘lovchilar oqimini tahlil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Sputnik O‘zbekiston “Innoprom” ko‘rgazmasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi.
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2026
O‘zbekistonda metro yo‘lovchilari soni 25-yil davomida qanday o‘zgargan
Yangiliklar lentasi
0