Toshkentda MDH HHM rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi: kuchli havo hujumidan mudofaa nega muhim?

© AFP 2023 / Fabrice CoffriniDva istrebitelya McDonnell Douglas F/A-18 Hornet shveysarskix VVS vistupayut na aviashou v Bernskom Oberlande
Dva istrebitelya McDonnell Douglas F/A-18 Hornet shveysarskix VVS vistupayut na aviashou v Bernskom Oberlande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda MDHning havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yig‘ini o‘tdi. Maqolada ayrim davlatlar misolida kuchli havo himoyasining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tiladi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 16 aprel kuni Toshkentda MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashi qoshidagi havo mudofaasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 62-yig‘ilishi o‘tdi. Unda havo hududi xavfsizligi, qo‘shma tayyorgarlik, aloqa va avtomatlashtirish tizimlarini yangilash, shuningdek, dronlarga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
So‘nggi urushlar esa bu mavzunung nega dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatdi: osmonini ishonchli himoya qila olmagan davlatlar odatda avvalo havodan zarba qabul qiladi.
Buning eng yaqin misollaridan biri — Eron. 2025-yil iyunda Isroil Eronning Natanz, Fordow va Isfahan kabi muhim yadroviy obyektlariga zarba berdi; 22-iyunda AQSh ham shu obyektlarni nishonga oldi.
2026 yil bahoridagi urush haqida Reuters yozgan materiallarda AQSh tomoni Eron havo mudofaasi tizimlarining taxminan 80 foizi yo‘q qilinganini aytgan. Livan ham so‘nggi yillarda qayta-qayta zarbalar maydoniga aylandi.
Tarixda bunday misollar ko‘p:
1956 yilgi Suvaysh inqirozida Britaniya va Fransiya avvalo Misr aerodromlariga zarba berib, uning havo kuchlarini ishdan chiqarishga uringan;
1967 yilgi Olti kunlik urushda esa Isroil kutilmagan havo zarbasi bilan Misr aviatsiyasining 90 foizdan ortig‘ini yerning o‘zida yo‘q qildi, Suriya havo kuchlarini ham izdan chiqardi va shu tariqa tezda havoda ustunlikka erishdi;
1982 yilda Livanda joylashgan Suriya havo mudofaa batareyalarining 19 tasi qisqa vaqt ichida yo‘q qilindi;
1991 yilgi “Sahro bo‘roni”da esa Iroqqa qarshi kampaniyaning ilk soatlaridayoq havo ustunligi o‘rnatildi.
Bu qoida faqat Yaqin Sharq yoki Afrika uchun emas. Hatto Yevropada ham 1999-yilgi Yugoslaviya/Serbiyaga qarshi NATO kampaniyasi avvalo havo mudofaasini bostirishdan boshlangan va bir necha kun ichida ittifoqchi aviatsiya butun Serbiya bo‘ylab ham strategik, ham taktik nishonlarga zarba bera boshlagan;
Afg‘onistonda 2001-yilga kelib Tolibon havo mudofaasi deyarli sezilmas darajada edi va koalitsiya o‘ninchi kundan boshlab nishonlarni kechayu kunduz ura oldi;
2003 yilda AQSh boshchiligidagi koalitsiya Saddam Husayn boshqaruvidagi Iroqqa qarshi urushni havodagi ustunlik bilan boshladi va qisqa vaqt ichida havo hukmronligini qo‘lga oldi;
2011 yilda esa AQSh va uning ittifoqchilari Muammar Qazzofiy boshqaruvidagi Liviya havo mudofaasi nishonlariga birinchi kuniyoq 110 ta qanotli raketa uchirdi. Shundan keyin Liviya ustida parvozlar taqiqlangan hudud o‘rnatilib, havo kampaniyasi boshlandi.
Bu misollar bir narsani ko‘rsatadi: havo mudofaasi shunchaki texnik tizim emas. Osmonini yopa olmagan davlatga urush ko‘pincha havodan keladi. Kuchli va qatlamli havo hujumidan mudofaa tizimi hujumni butunlay istisno qilmasligi mumkin, ammo uning xavfi va narxini oshiradi.
V Tashkente proshlo zasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po voprosam PVO stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
Toshkentda MDHning havo hujumidan mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0