1 iyuldan do‘kon va xizmat ko‘rsatish joylarda QR-kod orqali to‘lov qabul qilish majburiy bo‘ladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPokupka s ispolzovaniyem smartfona s pomoshyu beskontaktnoy sistemi
Pokupka s ispolzovaniyem smartfona s pomoshyu beskontaktnoy sistemi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2026
Obuna bo‘lish
Sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar QR-kod orqali to‘lov qabul qilishi shart bo‘ladi. Bu xaridorlarga hisob-kitobni yengillashtirishi, fiskal chek va keshbek jarayonlarini ham shaffoflashtirishi kutilmoqda
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilishning yagona tartibi belgilandi. Adliya vazirligi mazkur idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Hujjat 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son farmon ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan bo‘lib, u yagona QR-kod tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish qoidalari va ishtirokchilarning vazifalarini belgilaydi.
2026 yil 1-iyuldan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha yuridik shaxslar uchun banklar tomonidan shakllantirilgan yagona QR-kod orqali elektron to‘lov qabul qilish majburiy bo‘ladi.
Yagona QR-kod foydalanuvchiga istalgan bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi. Qoidalarga ko‘ra, QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi, barcha to‘lov tizimlarining yagona QR-kod tizimi orqali o‘zaro integratsiyasi ta’minlanadi.
Shuningdek, to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanib, tizim ishtirokchilariga real vaqt rejimida yetkaziladi. Mijozlar esa mobil ilovada QR-kodni skanerlash, to‘lov summasini tasdiqlash, operatsiya bo‘yicha onlayn ma’lumotnoma olish va tranzaksiyalar tarixi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi
QR-kod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
O‘zbekistonda to‘lovlar uchun universal QR-kod joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0