https://oz.sputniknews.uz/20260413/ochiqlik-indeks-ozavtosanoat-tashkent-hokimlik-56879289.html
“Ochiqlik indeksi”: “O‘zavtosanoat” eng yaxshilar qatorida, Toshkent hokimligi esa eng pastda
“Ochiqlik indeksi”: “O‘zavtosanoat” eng yaxshilar qatorida, Toshkent hokimligi esa eng pastda
Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi e’lon qilgan 2025-yilgi “Ochiqlik indeksi”da Toshkent shahar hokimligi va Andijon viloyati hokimligi “qizil” toifaga kirdi. Baholash 97 ta davlat organini qamrab oldi.
2026-04-13T14:44+0500
2026-04-13T14:44+0500
2026-04-13T15:33+0500
o‘zbekiston
jamiyat
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
davlat organi
hokimlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0d/56879485_0:92:1281:812_1920x0_80_0_0_7715f184b8bc11c60a0227efd7ac1d62.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 2025-yil yakunlariga ko‘ra “Ochiqlik indeksi”da Toshkent shahar hokimligi eng past ko‘rsatkich qayd etgan idora bo‘ldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hududiy miqyosda Andijon viloyati ham “qizil” toifaga kiritilgan.PF-154-son prezident farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi 2022-yildan buyon har yili “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.2025 yil yakunlari bo‘yicha baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organi qamrab olindi. Baholash 84 ta mezondan iborat 8 ta indikator asosida o‘tkazildi.2022 yildagi ilk baholash natijalari bilan solishtirilganda, “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan, “sariq” toifadagilar 2 barobarga, “qizil” toifadagilar esa 3 barobarga kamaygan.Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zavtosanoat” AJlar, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.Respublika darajasidagi tashkilotlar orasida esa O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ eng past ko‘rsatkich qayd etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260216/pedofil-umrbod-qamoq-mahalla-ochiqlik-dastur-55747006.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0d/56879485_82:0:1165:812_1920x0_80_0_0_fc3368dd8f14a7d0ccdb503f4d288d56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent shahar hokimligi, andijon viloyati hokimligi, ochiqlik indeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, 2025-yil, davlat organlari, ochiqlik,
o‘zbekiston, toshkent shahar hokimligi, andijon viloyati hokimligi, ochiqlik indeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, 2025-yil, davlat organlari, ochiqlik,
“Ochiqlik indeksi”: “O‘zavtosanoat” eng yaxshilar qatorida, Toshkent hokimligi esa eng pastda
14:44 13.04.2026 (yangilandi: 15:33 13.04.2026) O‘zbekistonda 97 ta davlat organi qamrab olingan baholash yakunlariga ko‘ra, 66 tasi “yashil”, 22 tasi “sariq”, 9 tasi esa “qizil” toifaga kiritildi
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 2025 yil yakunlariga ko‘ra “Ochiqlik indeksi”da Toshkent shahar hokimligi eng past ko‘rsatkich qayd etgan idora bo‘ldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
ma’lumotiga ko‘ra, hududiy miqyosda Andijon viloyati ham “qizil” toifaga kiritilgan.
PF-154-son prezident farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi 2022-yildan buyon har yili “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.
2025 yil yakunlari bo‘yicha baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organi qamrab olindi. Baholash 84 ta mezondan iborat 8 ta indikator asosida o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq”, 9 tasi esa “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etdi.
2022 yildagi ilk baholash natijalari bilan solishtirilganda, “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan, “sariq” toifadagilar 2 barobarga, “qizil” toifadagilar esa 3 barobarga kamaygan.
Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zavtosanoat” AJlar, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.
Respublika darajasidagi tashkilotlar orasida esa O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ eng past ko‘rsatkich qayd etdi.