O‘zaro savdoni $10 milliardga yetkazish: Mirziyoyev va Toqayev nimalarni muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Buxare sostoyalas vstrecha prezidentov Uzbekistana i Kazaxstana.
V Buxare sostoyalas vstrecha prezidentov Uzbekistana i Kazaxstana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2026
Obuna bo‘lish
Prezidentlar ko‘rib chiqqan masalalar orasida kimyo, geologiya, logistika, "yashil energiya", suv resurslaridan foydalanish va boshqalar bor.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Bugun Buxoroda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qayd etilishiga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib, o‘tgan yili 5 milliard dollarga yetgan.

Ayni damda avtomobilsozlik, infratuzilmani rivojlantirish, logistika, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Prezidentlar hamkorlikning istiqbolli sohalarini ham ko‘rib chiqdilar:
Kimyo, geologiya, energetika, avtomobillar uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi yangi tashabbuslar;
Transport va logistika sohasida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, chegaraoldi infratuzilmani modernizatsiya qilish, to‘siqlarni bartaraf etish va tashqi bozorlarga chiqishni ta’minlaydigan samarali transport yo‘laklarini yaratish;
“Qambarota” GES kabi yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
Suv resurslaridan oqilona foydalanish, mintaqaviy ekologik tashabbuslarni ilgari surish, chegaradosh hududlarda “Toza havo” loyihalarini amalga oshirish;
Kosmik texnologiyalar, raqamlashtirish, elektron tijorat va startaplarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik.
Undan tashqari, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr amashdilar.
Uchrashuv davomida bosh vazirlar o‘rinbosarlarining savdo-iqtisodiy kun tartibining dolzarb jihatlari, jumladan, yaqin istiqbolda o‘zaro savdoni 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha hisobotlari eshitildi.
Muzokara yakunida hukumatlarga erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0