https://oz.sputniknews.uz/20260410/toqaev-ozbekiston-56833008.html
Toqayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Toqayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. 10.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-10T16:11+0500
2026-04-10T16:11+0500
2026-04-10T16:46+0500
siyosat
buxoro
shavkat mirziyoyev
qasim-jomart toqayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53483411_0:62:1189:731_1920x0_80_0_0_1273b5f4d7aa5d64b3a7170be898eae8.jpg
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shu sabab prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.Ta’kidlanishicha, muzokaralarda O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Siyosiy muloqotni, parlamentlararo, hukumatlararo va hududlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.Shuningdek, yetakchilar tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport, energetika, suv va ekologiya sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini muhokama qilishadi.Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.Birgalikda tarixiy obidalarni ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati va mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260316/mirziyoev-toqaev-kazakhstan-referendum-tabrik-56302783.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0e/53483411_67:0:1123:792_1920x0_80_0_0_d48297f6c9bdcf6963c49e30cdcf06cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, buxoro, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev
siyosat, buxoro, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev
Toqayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
16:11 10.04.2026 (yangilandi: 16:46 10.04.2026) Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar qildi. Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shu sabab prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralarda O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Siyosiy muloqotni, parlamentlararo, hukumatlararo va hududlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, yetakchilar tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport, energetika, suv va ekologiya sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini muhokama qilishadi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Birgalikda tarixiy obidalarni ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati va mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.