https://oz.sputniknews.uz/20260410/bond-omborlari-56823083.html
Bojxona to‘lovlari va soliqlarni kechiktirish imkonini beruvchi bond omborlari joriy etiladi
Bojxona to‘lovlari va soliqlarni kechiktirish imkonini beruvchi bond omborlari joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Taqdimotda elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish doirasida import tovarlarini bojxona nazorati ostida saqlash va bojxona to‘lovlari hamda soliqlarni kechiktirilgan tartibda to‘lash imkonini beruvchi maxsus omborlar — bond omborlarini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
2026-04-10T14:00+0500
2026-04-10T14:00+0500
2026-04-10T14:00+0500
iqtisod
o‘zbekiston
bojxona boji
bojxona qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0a/56823222_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_48436ac1bef2ef486deeeb0bc2884617.jpg
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni elektron tijoratni rivojlantirish va bond omborlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish doirasida import tovarlarini bojxona nazorati ostida saqlash va bojxona to‘lovlari hamda soliqlarni kechiktirilgan tartibda to‘lash imkonini beruvchi maxsus omborlar — bond omborlarini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.Ta’kidlanishicha, tovar uchun boj to‘lovlarini uni sotish vaqtida amalga oshirish tizimini joriy etish orqali kamida 500 million dollar investitsiya jalb qilish uchun sharoit yaratish mumkin. Bunday amaliyot Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, BAA, Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda.Bugungi kunda O‘zbekistonda omborlarning umumiy maydoni 634 ming kvadrat metrni tashkil etadi, shundan 72 foizi Toshkent shahri va viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Mavjud omborlarning atigi 34 foizi zamonaviy “A” toifasiga mansub. Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun yaqin besh yilda 2,5 million kvadrat metr zamonaviy omborlarga ehtiyoj mavjud.Shu munosabat bilan yirik xalqaro marketpleyslarning zamonaviy omborlar tarmog‘ini kengaytirish taklif etildi. Raqamli platformalar hamda bond omborlarini soliq va bojxona tizimlari bilan chuqur integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi. Taqdimotda 2026-2028-yillar davomida tajriba tariqasida “import — bond ombori — maxsus elektron savdo platformasi — iste’molchi” zanjiri asosida yangi mexanizmni joriy etish taklifi bildirildi.Unga ko‘ra, tovarlar bond omboriga joylashtiriladi, maxsus elektron savdo platformasi orqali sotiladi, bojxonada deklaratsiya qilish va boj to‘lovlarini to‘lash esa bevosita sotuv bosqichida amalga oshiriladi. Bunday platformalar va omborlar tegishli reyestrlarga kiritilib, Bojxona qo‘mitasida hisobga olinadi.Shuningdek, bond omborlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tashqi bozorlarga chiqishni yengillashtirishi, aylanma mablag‘larga tushadigan yukni kamaytirishi, logistika xarajatlarini pasaytirishi va eksport raqobatbardoshligini oshirishi qayd etildi.Davlat rahbari mutasaddilarga elektron tijoratni iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylantirish, ushbu sohada zamonaviy infratuzilmani yaratish hamda raqamli platformalar faoliyati uchun qulay va shaffof muhitni shakllantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi sakkiz yilda mamlakatda elektron tijorat bozori 20 barobar o‘sib, 1,3 milliard dollarga yetgan. Bugungi kunda respublikada 120 tadan ortiq raqamli platformalar faoliyat yuritmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260202/uzbekistan-eaeu-bojxona-hamkorlik-muhokama-55432786.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0a/56823222_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_24185c4dffa9895dff8ca61a4dba983b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bond omborlari o‘zbekiston ma’lumot
bond omborlari o‘zbekiston ma’lumot
Bojxona to‘lovlari va soliqlarni kechiktirish imkonini beruvchi bond omborlari joriy etiladi
Tovar uchun boj to‘lovlarini uni sotish vaqtida amalga oshirish tizimini joriy etish orqali kamida 500 million dollar investitsiya jalb qilish uchun sharoit yaratish mumkin.
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni elektron tijoratni rivojlantirish va bond omborlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish doirasida import tovarlarini bojxona nazorati ostida saqlash va bojxona to‘lovlari hamda soliqlarni kechiktirilgan tartibda to‘lash imkonini beruvchi maxsus omborlar — bond omborlarini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanishicha, tovar uchun boj to‘lovlarini uni sotish vaqtida amalga oshirish tizimini joriy etish orqali kamida 500 million dollar investitsiya jalb qilish uchun sharoit yaratish mumkin. Bunday amaliyot Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, BAA, Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda omborlarning umumiy maydoni 634 ming kvadrat metrni tashkil etadi, shundan 72 foizi Toshkent shahri va viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Mavjud omborlarning atigi 34 foizi zamonaviy “A” toifasiga mansub. Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun yaqin besh yilda 2,5 million kvadrat metr zamonaviy omborlarga ehtiyoj mavjud.
Shu munosabat bilan yirik xalqaro marketpleyslarning zamonaviy omborlar tarmog‘ini kengaytirish taklif etildi. Raqamli platformalar hamda bond omborlarini soliq va bojxona tizimlari bilan chuqur integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi. Taqdimotda 2026-2028-yillar davomida tajriba tariqasida “import — bond ombori — maxsus elektron savdo platformasi — iste’molchi” zanjiri asosida yangi mexanizmni joriy etish taklifi bildirildi.
Unga ko‘ra, tovarlar bond omboriga joylashtiriladi, maxsus elektron savdo platformasi orqali sotiladi, bojxonada deklaratsiya qilish va boj to‘lovlarini to‘lash esa bevosita sotuv bosqichida amalga oshiriladi. Bunday platformalar va omborlar tegishli reyestrlarga kiritilib, Bojxona qo‘mitasida hisobga olinadi.
Shuningdek, bond omborlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tashqi bozorlarga chiqishni yengillashtirishi, aylanma mablag‘larga tushadigan yukni kamaytirishi, logistika xarajatlarini pasaytirishi va eksport raqobatbardoshligini oshirishi qayd etildi.
Davlat rahbari mutasaddilarga elektron tijoratni iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylantirish, ushbu sohada zamonaviy infratuzilmani yaratish hamda raqamli platformalar faoliyati uchun qulay va shaffof muhitni shakllantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi sakkiz yilda mamlakatda elektron tijorat bozori 20 barobar o‘sib, 1,3 milliard dollarga yetgan. Bugungi kunda respublikada 120 tadan ortiq raqamli platformalar faoliyat yuritmoqda.