Moskvada Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

© SputnikV Moskve proshla konferensiya "Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka"
V Moskve proshla konferensiya Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
Obuna bo‘lish
Ekspertlar Amir Temurning milliy davlatchilik taraqqiyotida tutgan o‘rni va dunyo tarixi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan “Sohibqiron Amir Temur – Sharqning ikkinchi Renessansi bunyodkori” mavzusida ilmiy-ma’rifiy konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Konferensiyada Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakillari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professorlari va talabari, ekspert va tahlilchilar, jamoat arboblari, shoirlar, sharqshunoslar qatnashdi.
© SputnikV Moskve proshla konferensiya "Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka"
V Moskve proshla konferensiya Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
V Moskve proshla konferensiya "Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka"
O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov Amir Temurning milliy davlatchilik taraqqiyotida tutgan o‘rni va dunyo tarixi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini qayd etdi.
© SputnikV Moskve proshla konferensiya "Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka"
V Moskve proshla konferensiya Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
V Moskve proshla konferensiya "Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka"
“Amir Temur merosini o‘rganish bo‘yicha rahbariyatimizning chuqur, puxta o‘ylangan qarori bilan biz tariximizning yangi sahifasini ochdik”, - dedi u o‘zining ishtirokchilarga yo‘llagan tabrik so‘zida.
Elchi “Temur tuzuklari”ning ahamiyatiga to‘xtalib, ular yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda muhim o‘rin tutishiga alohida urg‘u berdi.
Konferensiya ishtirokchilari Sohibqiron hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan o‘zlarining ma’ruzalari taqdim etishdi sarkardaning dunyo tarixidagi o‘rnini yuqori baholashdi. Spikerlar uni ulug‘lash jarayoni nafaqat o‘tmishga hurmat, balki millatni birlashtiruvchi va tarixiy vorislikni ta’minlovchi muhim omil hisoblanishini qayd etishdi.
© SputnikV Moskve proshla konferensiya "Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka"
V Moskve proshla konferensiya Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
V Moskve proshla konferensiya "Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka"
Tadbir davomida Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan qisqametrajli hujjatli film namoyish etildi. Moskva davlat tilshinoslik universiteti talabalari o‘zbek va rus tillarida “Temur tuzuklari”dagi hikmatli so‘zlardan iqtibos keltirishdi.
Eslatamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan bu yil sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanmoqda. Qarorga ko‘ra, har yili aprel oyi Amir Temur oyligi deb e’lon qilinadi. “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matni fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etiladi.
Vistuplenie Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva na seremonii otkritiya Sentra islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2026
Amir Temur haqida xalqaro konferensiya boshlandi, prezident ishtirokchilarga tabrik yo‘lladi
Yangiliklar lentasi
0