Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov: Putin Ukraina bilan Pasxa sulhi bo‘yicha hali qaror qabul qilgani yo‘q

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2026
Obuna bo‘lish
Pasxa arafasida ehtimoliy sulh masalasi yana muhokamaga chiqdi: Kreml hozircha qaror yo‘qligini aytmoqda, Turkiya esa muzokaralar uchun aniq signallar ko‘rmayapti.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozircha Pasxa munosabati bilan ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar oliy bosh qo‘mondon tomonidan Pasxa sulhi yuzasidan qaror qabul qilinmagan. Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina bu yil Pasxa bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan edi.
Avvalroq Dmitriy Peskov Zelenskiyning ushbu bayonotiga izoh berib, Kiyev sulhga juda muhtoj ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, frontdagi vaziyatni nafaqat Rossiya, balki xorijiy mutaxassislar ham kuzatmoqda va bu dinamika Rossiya qo‘shinlari butun front chizig‘i bo‘ylab turli sur’atda bo‘lsa-da, oldinga siljiyotganini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, Turkiya hukumatidagi manba RIA Novostiga Anqara Yaqin Sharqdagi vaziyatning normallashuvi Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklash uchun qulayroq sharoit yaratishi mumkin, deb hisoblashini aytdi. Biroq manbaga ko‘ra, hozircha tomonlardan muzokaralar jarayonini qayta boshlashga tayyorlikni anglatuvchi aniq signallar kuzatilmayapti.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Ukraina mavzusi bo‘yicha aloqalar norasmiy va maxfiy tarzda davom etayotganini bildirdi. Uning aytishicha, amerikalik vositachilar boshqa yo‘nalishlar bilan band bo‘lgani sababli muloqotni qayta tiklash masalasida ma’lum tanaffus yuzaga kelgan.

Ma’lumot uchun: Pasxa — pravoslav xristianlar uchun eng muhim diniy bayrami hisoblanadi. 2026-yilda pravoslav Pasxa 12-aprelga to‘g‘ri keladi.

Dmitriy Medvedev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya maxsus operatsiya maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erishadi — Medvedev
Yangiliklar lentasi
0