Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII 30-iyungacha ayrim sabzavotlar importini bojdan ozod qildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSvejie ovoshi, arxivnoe foto
Svejie ovoshi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2026
Obuna bo‘lish
Komissiya bu qarorni mavsumlar oralig‘ida narxlar keskin o‘zgarishini yumshatish uchun qabul qildi. Bu esa YeOIIga sabzavot yetkazib berish uchun qo‘shimcha imkoniyat va manfaatli sharoit yaratadi
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi 2026-yil 30-iyungacha ayrim sabzavotlarni ittifoq mamlakatlariga bojsiz olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Qarordan ko‘zlangan maqsad — ichki bozorda taklifni ko‘paytirish va narxlarni keskin qimmatlashuvdan saqlash. YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev ham mavsumlar oralig‘ida mahalliy zaxiralar tugab, sabzavot narxlari odatda sezilarli o‘zgarishini aytdi.
Eng katta kvotalardan biri Rossiyaga berildi: u 6,6 ming tonnagacha baqlajon va 27 ming tonnagacha shirin qalampirni bojsiz import qilishi mumkin.
Belarus va Qirg‘izistonga ham shu mahsulotlar bo‘yicha imtiyozlar ajratildi: har ikkisi 200 tonnagacha baqlajon olib kirishi mumkin, qalampir uchun esa Belarus 5,2 ming tonnagacha, Qirg‘iziston 2 ming tonnagacha kvota oldi.
Imtiyozlar boshqa sabzavotlarni ham qamrab oldi.
Qozog‘istonga 100 ming tonnagacha kartoshka, 100 ming tonnagacha piyoz, 35 ming tonnagacha oq boshli karam va 30 ming tonnagacha sabzi bojsiz olib kirishga ruxsat berildi.
Armaniston 5 ming tonnagacha piyoz import qilishi mumkin.
Belarus uchun 600 tonna, Qirg‘iziston uchun 500 tonna gulkaram va brokkoli kvotasi belgilandi.
Qirg‘izistonga, shuningdek, 400 tonnagacha bodring va 2026-yil 31-maygacha 5 ming tonnagacha pomidorni bojsiz olib kirishga ruxsat etildi.
Imtiyoz faqat chakana savdoda sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga beriladi.
Marketpleys - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda xorijiy internet-do‘kondan tovarlarni bojsiz sotib olish uchun limit belgilandi
Yangiliklar lentasi
0