https://oz.sputniknews.uz/20260409/amir-temur-konferentsiya-prezident-tabrik-56804296.html
Amir Temur haqida xalqaro konferensiya boshlandi, prezident ishtirokchilarga tabrik yo‘lladi
Amir Temur haqida xalqaro konferensiya boshlandi, prezident ishtirokchilarga tabrik yo‘lladi
Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati mavzusida konferensiya boshlandi. Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarga tabrik yo‘llab, Amir Temur merosini o‘rganish va targ‘ib etish muhimligini ta’kidladi
2026-04-09T16:58+0500
2026-04-09T16:58+0500
2026-04-09T23:52+0500
shavkat mirziyoyev
xalqaro konferensiya
amir temur
toshkent
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56343014_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_c3ef5505ab165b17390460edb807403a.jpg
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Toshkentda Amir Temur va Temuriylar sivilizatsiyasining jahon tarixi va madaniyatidagi roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi. Konferensiyada 15 ta mamlakatdan 250 nafardan ortiq ilmiy birlashmalar vakillari ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Prezident Shavkat Mirziyoyev konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘llab, Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uning jahon tarixi va tamaddunidagi o‘rnini keng targ‘ib etish, shuningdek, bu boy merosni yosh avlodga ilmiy va ma’rifiy asosda yetkazish muhimligini ta’kidladi. Qayd etilishicha, yubiley tadbirlari doirasida xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlar va ma’rifiy loyihalarni o‘tkazish, “Temur tuzuklari”ni qator xorijiy tillarda nashr etish hamda temuriylar davri manbalariga oid elektron platformani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260409/amir-temur-56798002.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56343014_70:0:1207:853_1920x0_80_0_0_709840a5f1216c237e7a88dd4d1b402e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
amir temur, temuriylar, xalqaro konferensiya, toshkent, shavkat mirziyoyev, temuriylar tamadduni, jahon tarixi, madaniyat, islom sivilizatsiyasi markazi, amir temur oyligi
amir temur, temuriylar, xalqaro konferensiya, toshkent, shavkat mirziyoyev, temuriylar tamadduni, jahon tarixi, madaniyat, islom sivilizatsiyasi markazi, amir temur oyligi
Amir Temur haqida xalqaro konferensiya boshlandi, prezident ishtirokchilarga tabrik yo‘lladi
16:58 09.04.2026 (yangilandi: 23:52 09.04.2026) Toshkentda o‘tayotgan anjumanda 15 mamlakatdan olimlar temuriylar merosini muhokama qilmoqda. Davlat rahbari tadbir qatnashchilariga tabrik yo‘lladi
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Toshkentda Amir Temur va Temuriylar sivilizatsiyasining jahon tarixi va madaniyatidagi roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi. Konferensiyada 15 ta mamlakatdan 250 nafardan ortiq ilmiy birlashmalar vakillari ishtirok etmoqda, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev konferensiya ishtirokchilariga
tabrik yo‘llab, Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uning jahon tarixi va tamaddunidagi o‘rnini keng targ‘ib etish, shuningdek, bu boy merosni yosh avlodga ilmiy va ma’rifiy asosda yetkazish muhimligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, yubiley tadbirlari doirasida xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlar va ma’rifiy loyihalarni o‘tkazish, “Temur tuzuklari”ni qator xorijiy tillarda nashr etish hamda temuriylar davri manbalariga oid elektron platformani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.