Senat ish tashlash huquqini kafolatlovchi qonunni ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii
Sostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2026
Obuna bo‘lish
Senat yalpi majlisida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonun ma’qullandi, hujjat bilan ish tashlash huquqini qonuniy tartibga solish nazarda tutilmoqda.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Senatning navbatdagi yalpi majlisida senatorlar fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunni ma’qullashdi. Hujjat milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalariga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun bilan Mehnat kodeksida ish tashlash xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish beruvchi bilan jamoaviy mehnat nizosini hal etish usuli sifatida mehnat majburiyatlarini vaqtincha, ixtiyoriy va birgalikda to‘liq yoki qisman bajarishdan tiyilish ekani mustahkamlanmoqda.
Shuningdek, ish tashlash huquqi kafolatlanib, ish beruvchi va mehnat organlarini xabardor qilish tartibi, shuningdek tomonlarning boshqa huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Senatorlar ushbu qonunning qabul qilinishi ish tashlash jarayonini qonuniy asosda tartibga solishga xizmat qilishini hamda O‘zbekistonning inson huquqlariga rioya qiluvchi davlat sifatidagi imijini mustahkamlashini va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun keng yo‘l ochib berishini ta’kidladilar.
Rabota v ofise za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq to‘lash tartibi yangilandi: nimalar o‘zgardi?
Yangiliklar lentasi
0