https://oz.sputniknews.uz/20260408/eaeu-yuk-tashuvchi-ruxsatnoma-engillashish-56781980.html
YeOIIda og‘ir va yirik yuk tashuvchilar uchun ruxsatnoma olish tartibi yengillashishi mumkin
YeOIIda og‘ir va yirik yuk tashuvchilar uchun ruxsatnoma olish tartibi yengillashishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
YeIK YeOIIda og‘ir va yirik gabaritli yuk tashuvchilar uchun maxsus ruxsatnoma berish tartibini uyg‘unlashtirish bo‘yicha yondashuvlarni ma’qulladi. Bunday ruxsatnomalar 24 soat, 10 ish kuni yoki favqulodda holatda 3 soat ichida berilishi mumkin.
2026-04-08T17:04+0500
2026-04-08T17:04+0500
2026-04-08T17:04+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
transport
yuk
avtomobil
avtomobil yo‘li
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20162198_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_ee7437d70ae7fceb3113a87e5fcc6037.jpg
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududidagi yevroosiyo transport yo‘laklari va yo‘nalishlarida harakatlanuvchi og‘ir vaznli yoki yirik gabaritli transport vositalari uchun maxsus ruxsatnoma berish tartibini uyg‘unlashtirish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ma’qulladi.Gap, avvalo, xalqaro yuk tashuvlarida qo‘llanadigan maxsus ruxsatnomalar haqida ketmoqda. Yangi tavsiyalarga ko‘ra, YeOIIga a’zo davlatlarda bunday ruxsatnomalarni berish muddati, ariza shakli, unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar va ruxsatnoma beradigan vakolatli organlar bo‘yicha umumiy qoidalar joriy etilishi kerak.Xususan, maxsus ruxsatnoma berish bo‘yicha quyidagi muddatlar tavsiya etilmoqda:YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevning ta’kidlashicha, ushbu tavsiyalarni amalga oshirish tashuvchilar uchun ruxsatnoma olish jarayonini soddalashtiradi, transport-logistika xarajatlarini kamaytiradi va YeOII ichki bozoridagi mavjud cheklovlardan birini bartaraf etishga yordam beradi
https://oz.sputniknews.uz/20260312/eaeu-xavf-yuk-ruxsatnoma-tezlashtirish-56248014.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20162198_596:138:3037:1968_1920x0_80_0_0_c2e40c92dd855f5b161e179b01c43551.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, og‘ir yuk, yirik gabaritli yuk, maxsus ruxsatnoma, xalqaro avtomobil tashuvlari, arzibek kojoshev, transport yo‘laklari
yeoii, yeik, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, og‘ir yuk, yirik gabaritli yuk, maxsus ruxsatnoma, xalqaro avtomobil tashuvlari, arzibek kojoshev, transport yo‘laklari
YeOIIda og‘ir va yirik yuk tashuvchilar uchun ruxsatnoma olish tartibi yengillashishi mumkin
YeOIIda og‘ir va yirik gabaritli yuk tashuvchilar uchun maxsus ruxsatnoma berish tartibida yagona qoidalar joriy etish taklif etildi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi
(YeIK) hay’ati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududidagi yevroosiyo transport yo‘laklari va yo‘nalishlarida harakatlanuvchi og‘ir vaznli yoki yirik gabaritli transport vositalari uchun maxsus ruxsatnoma berish tartibini uyg‘unlashtirish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni
ma’qulladi.
Gap, avvalo, xalqaro yuk tashuvlarida qo‘llanadigan maxsus ruxsatnomalar haqida ketmoqda. Yangi tavsiyalarga ko‘ra, YeOIIga a’zo davlatlarda bunday ruxsatnomalarni berish muddati, ariza shakli, unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar va ruxsatnoma beradigan vakolatli organlar bo‘yicha umumiy qoidalar joriy etilishi kerak.
Xususan, maxsus ruxsatnoma berish bo‘yicha quyidagi muddatlar tavsiya etilmoqda:
yo‘nalishni qo‘shimcha kelishish talab etilmasa — 24 ish soati;
yo‘nalishni alohida kelishish zarur bo‘lsa — 10 ish kuni;
favqulodda vaziyatlarda — 3 soat.
Shuningdek, maxsus ruxsatnomaning amal qilish muddati 135 kalendar kundan oshmasligi, ariza esa xalqaro tashuv boshlanishidan kamida 45 kun oldin topshirilishi tavsiya etildi.
YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevning ta’kidlashicha, ushbu tavsiyalarni amalga oshirish tashuvchilar uchun ruxsatnoma olish jarayonini soddalashtiradi, transport-logistika xarajatlarini kamaytiradi va YeOII ichki bozoridagi mavjud cheklovlardan birini bartaraf etishga yordam beradi