Sibir darolari oqimini MOga burish suv muammosini hal qila oladimi — Rossiya olimi javobi
Sibir darolari oqimini MOga burish suv muammosini hal qila oladimi — Rossiya olimi javobi
Sputnik O‘zbekiston
RAN olimi Mixail Bolgovga ko‘ra, suvga boy hududlardan oqimni o‘tkazish Markaziy Osiyo, Rossiya janubi, Qrim va boshqa suv tanqis hududlarni suv bilan ta’minlash muammosining bir qismini nazariy jihatdan hal qilishi mumkin.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sibir darolari oqimining bir qismini suvga boy hududlardan suv tanqis mintaqalarga yo‘naltirish Markaziy Osiyo, Rossiyaning janubiy hududlari, Rossiyada “yangi hududlar” deb ataluvchi hududlar hamda Qrim uchun nazariy jihatdan dolzarb yechimlardan biri bo‘lishi mumkin.Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri, texnika fanlari doktori Mixail Bolgov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Bolgovning qayd etishicha, Markaziy Osiyo bo‘yicha mavjud ayrim prognozlarga ko‘ra mintaqadagi davlatlar mavjud suv resurslari ehtiyojni qoplashga yetarli bo‘lmay qolishi mumkin.U, shuningdek, Rossiya nazoratidagi ayrim yangi hududlar va Qrimda ham suv resurslari yetishmasligi saqlanib qolayotganini, Ukraina tomonidan kelayotgan suv hajmi esa kamligini aytgan.Nazariy jihatdan, aytib o‘tilgan hududlarning suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarning bir qismi suvga boy hududlardan oqimlarni o‘tkazish orqali hal qilinishi mumkin, deya xulosa qildi Bolgov.
Qayd etilishicha, MO bo‘yicha ayrim prognozlarga ko‘ra, suv resurslari ehtiyojni qoplashga yetarli bo‘lmay qolishi mumkin, ayrim Sibir darolari oqimini yo‘naltirish esa muammoni qisman hal qilishi mumkin.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sibir darolari oqimining bir qismini suvga boy hududlardan suv tanqis mintaqalarga yo‘naltirish Markaziy Osiyo, Rossiyaning janubiy hududlari, Rossiyada “yangi hududlar” deb ataluvchi hududlar hamda Qrim uchun nazariy jihatdan dolzarb yechimlardan biri bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri, texnika fanlari doktori Mixail Bolgov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Olimning ta’kidlashicha, ayrim hududlarda sanoat va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari mahalliy tabiiy suv manbalari imkoniyatidan oshib ketmoqda. Shu bois bunday mintaqalarda qo‘shimcha suv manbaiga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda.
Bolgovning qayd etishicha, Markaziy Osiyo bo‘yicha mavjud ayrim prognozlarga ko‘ra mintaqadagi davlatlar mavjud suv resurslari ehtiyojni qoplashga yetarli bo‘lmay qolishi mumkin.
U, shuningdek, Rossiya nazoratidagi ayrim yangi hududlar va Qrimda ham suv resurslari yetishmasligi saqlanib qolayotganini, Ukraina tomonidan kelayotgan suv hajmi esa kamligini aytgan.
Nazariy jihatdan, aytib o‘tilgan hududlarning suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarning bir qismi suvga boy hududlardan oqimlarni o‘tkazish orqali hal qilinishi mumkin, deya xulosa qildi Bolgov.
Ma’lumot uchun, SSSRda 1960-yillar oxiridan Sibir darolari oqimining bir qismini Markaziy Osiyo tomon yo‘naltirish loyihasi ishlab chiqilgan. Biroq 1986-yilda keng ko‘lamli ekologik baholash va olimlar e’tirozlaridan so‘ng bu tashabbus to‘xtatilgan.
Shu bilan birga, o‘sha davrda to‘plangan noyob gidrologik ma’lumotlar hozirgacha iqlim o‘zgarishlari va suv resurslarini baholashda qo‘llanib kelmoqda.