Prezident sport sohasida yangi tashabbuslarni ilgari surdi: tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezident takliflariga ko‘ra, mahallalarda sport natijasi salomatlik bilan baholanadi, tashkilotlarda sport kuni joriy etiladi, talabalar esa to‘garaklarda murabbiylik qiladi
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sport sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ular ommaviy sportni kengaytirish, aholi salomatligini yaxshilash va sport tizimiga yangi rag‘batlar joriy etishni qamrab oladi.
Nimalar o‘zgaradi:
mahallalarda ommaviy sport natijasi endi faqat qamrov bilan emas, aholi salomatligi ko‘rsatkichlari bilan ham baholanadi;
har bir viloyatda bittadan tumanda “salomatlik balansi” joriy etiladi;
sport bilan faol shug‘ullanuvchilar orasidan “sog‘lom hayot volontorlari” korpusi shakllantiriladi;
eng namunali 10 ta mahallaga bepul sport formasi va anjomlari beriladi;
1 maygacha barcha maktab va texnikumlarda kross-fit to‘garaklari tashkil qilinadi;
kelgusi yildan kross-fit “Besh tashabbus” tizimiga kiritiladi;
sport qamrovi va salomatlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan mahallada volontor va mahalla raisi 15 million so‘mgacha mukofotlanadi;
bunday mahalladagi mas’ul trenerga 200 foizgacha oylik ustama to‘lanadi;
vazirlik, idora, bank va hokimliklarda haftada bir kun sport kuni o‘tkaziladi;
yiliga kamida 2-marta 4 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil qilinadi;
joriy yildan vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar o‘rtasida respublika birinchiliklari o‘tkaziladi;
tadbirkorlar sport zali va maydonchasi uchun qilgan xarajatlarini foyda solig‘i bazasidan chegiradi;
jalb qilingan trenerlar uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi;
“mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida yangi tizim joriy qilinadi;
9 mingta mahalla 26 ta federatsiya rahbarlariga biriktiriladi;
sport oliygohlari talabalari dual ta’lim asosida maktab to‘garaklarida murabbiylik qiladi;
sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaga beriladi;
bitiruvchilarga diplom bilan birga hakamlik sertifikati ham topshiriladi.
mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida sportchi va murabbiylar natijasini tahlil qiladigan, mashg‘ulot rejasini tuzadigan platforma yaratish topshirildi;
sportdagi ilmiy ishlar faqat dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan bo‘lishi shartligi ta’kidlandi;
olimning ilmiy ishi amaliy natija bersa, unga 100 million so‘mdan mukofot beriladi;
joriy yildan Prezident olimpiadasi doirasidagi sport turlari soni 2 barobar oshirilib, 21 taga yetkaziladi;
Prezident olimpiadasi endi parasport yo‘nalishida ham o‘tkaziladi;
har bir tuman va viloyat hokimi o‘z hududida Hokim olimpiadasini tashkil qiladi;
har bir tuman va viloyat hokimi o‘z hududida Hokim olimpiadasini tashkil qiladi;
Hokim olimpiadasi g‘oliblari Prezident olimpiadasiga yo‘llanma oladi;
Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi direktorlari bir vaqtning o‘zida viloyat hokimlariga sport bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi;
Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi direktorlari bir vaqtning o‘zida viloyat hokimlariga sport bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi;
poytaxtdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatilib, ular o‘rnida Olimpiya shaharchasida “Olimpiya terma jamoalari markazi” tashkil etiladi;
hududlardagi 56 ta ixtisoslashgan sport maktabi ham ushbu markaz boshqaruviga o‘tkaziladi.
adaptiv sport turlari bo‘yicha kadr tayyorlash va malaka oshirish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi;
Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali inklyuziv sport bo‘yicha tayanch oliygohga aylanadi;
endi o‘quv-yig‘inlar, respublika va xalqaro musobaqalarda parasportchiga hamrohlik qilgan shaxslarning transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi;
ularga har oy sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi.
