https://oz.sputniknews.uz/20260407/mansabdor-zarar-qoplash-jamgarmalar-56753350.html
Mansabdor aybi bilan yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘armalar tuzilishi mumkin
Mansabdor aybi bilan yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘armalar tuzilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, davlat organi yoki mansabdor shaxsning qonunga xilof qarori, harakati yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zarar avval davlat hisobidan qoplanib, keyin aybdordan regress tartibida undirilishi mumkin.
2026-04-07T13:26+0500
2026-04-07T13:26+0500
2026-04-07T13:34+0500
o‘zbekiston
jamiyat
hokimiyat
mansabdor
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22659770_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_6bde8531f93e2745d8539675ab0c7e24.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida “Davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.Hujjat davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qaror va harakatlari oqibatida fuqaro yoki tashkilotga yetkazilgan zararni qoplash tartibini belgilaydi.Ta’kidlanishicha, hozirgacha bunday zararni qoplash masalasi yagona qonun bilan emas, 10 tadan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelingan. Biroq budjet mablag‘lari hisobidan tovon pulini to‘lashning aniq mexanizmi mavjud emas edi.Qonunning asosiy maqsadi — davlat hokimiyati vakolatlariga ega organ yoki uning mansabdor shaxsi qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazgan zararni qoplash, shuningdek, keyinchalik bu mablag‘ni aybdor shaxsdan undirish tartibini belgilash.Agar zarar avvalo davlat hisobidan qoplab berilsa, keyinchalik aybdor shaxsga nisbatan regress tartibi qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni davlat jabrlanuvchiga tovon to‘lab beradi, so‘ng bu pulni zarar yetkazilishiga aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsdan qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.Shunday holatlarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aybdor shaxs ishlayotgan yoki oldin ishlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260120/mansabdorlar-sud-ishtirok-majburiy-55006242.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22659770_53:0:1190:853_1920x0_80_0_0_fc85db8f1a9f112589fda28414c7a91e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
senat, qonun, davlat organi, mansabdor shaxs, zararni qoplash, regress, tovon puli, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi, budjet mablag‘lari
senat, qonun, davlat organi, mansabdor shaxs, zararni qoplash, regress, tovon puli, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi, budjet mablag‘lari
Mansabdor aybi bilan yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘armalar tuzilishi mumkin
13:26 07.04.2026 (yangilandi: 13:34 07.04.2026) Senat ma’qullagan qonun davlat organi yoki mansabdor aybi bilan yetkazilgan zararni avval qoplab, keyin bu mablag‘ni aybdordan undirish imkonini berishi mumkin.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida “Davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilindi.
Hujjat davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qaror va harakatlari oqibatida fuqaro yoki tashkilotga yetkazilgan zararni qoplash tartibini belgilaydi.
Ta’kidlanishicha, hozirgacha bunday zararni qoplash masalasi yagona qonun bilan emas, 10 tadan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelingan. Biroq budjet mablag‘lari hisobidan tovon pulini to‘lashning aniq mexanizmi mavjud emas edi.
Yangi qonunda mulkiy zararlarni qoplash uchun hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish tartibi va ularning manbalari aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Qonunning asosiy maqsadi — davlat hokimiyati vakolatlariga ega organ yoki uning mansabdor shaxsi qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazgan zararni qoplash, shuningdek, keyinchalik bu mablag‘ni aybdor shaxsdan undirish tartibini belgilash.
Agar zarar avvalo davlat hisobidan qoplab berilsa, keyinchalik aybdor shaxsga nisbatan regress tartibi qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni davlat jabrlanuvchiga tovon to‘lab beradi, so‘ng bu pulni zarar yetkazilishiga aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsdan qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Shunday holatlarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aybdor shaxs ishlayotgan yoki oldin ishlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.