https://oz.sputniknews.uz/20260407/gosht-qoramol-import-subsidiya-56758689.html
Narxlarni barqaror saqlash uchun go‘sht va nasldor qoramol importchilariga subsidiya beriladi
Narxlarni barqaror saqlash uchun go‘sht va nasldor qoramol importchilariga subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qaroriga ko‘ra, mol va qo‘y go‘shtini import qilishda havo tashuvi xarajatlarining 50 foizi, shuningdek, import qilingan nasldor qoramol qiymatining bir qismiga vaqtinchalik subsidiya ajratiladi.
2026-04-07T17:19+0500
2026-04-07T17:19+0500
2026-04-07T17:31+0500
narx-navo
go‘sht
imtiyoz
o‘zbekiston
iqtisod
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45264544_0:56:1080:664_1920x0_80_0_0_1a04dc881e7135279af24afc3946641b.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda vaqtinchalik subsidiya ajratiladi. Bu grezident imzolagan “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.Qarorga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida budjetdan ikki yo‘nalishda vaqtinchalik subsidiyalar ajratiladi.Shuningdek, 1-apreldan 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi ham subsidiya qilinadi. Bu holatda to‘lov miqdori har bir bosh qoramol uchun 4 million so‘mdan oshmaydi.Hujjatga muvofiq, ushbu subsidiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi
https://oz.sputniknews.uz/20250818/ozbekiston-rossiyadan-eng-kop-tirik-qoramol-sotib-olgan-davlatga-aylandi-51318556.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45264544_61:0:1021:720_1920x0_80_0_0_bd14b72ab571953c9351997dbd5e5d39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
go‘sht importi, subsidiya, mol go‘shti, qo‘y go‘shti, nasldor qoramol, havo transporti, agrar sohada to‘lovlar agentligi, oziq-ovqat narxi, prezident qarori
go‘sht importi, subsidiya, mol go‘shti, qo‘y go‘shti, nasldor qoramol, havo transporti, agrar sohada to‘lovlar agentligi, oziq-ovqat narxi, prezident qarori
Narxlarni barqaror saqlash uchun go‘sht va nasldor qoramol importchilariga subsidiya beriladi
17:19 07.04.2026 (yangilandi: 17:31 07.04.2026) Prezident qarori go‘sht mahsulotlari narxini barqarorlashtirish uchun import xarajatlarining bir qismi hamda nasldor qoramol olib kirishni vaqtincha subsidiyalashni nazarda tutadi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda vaqtinchalik subsidiya ajratiladi. Bu grezident imzolagan “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda
nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida budjetdan ikki yo‘nalishda vaqtinchalik subsidiyalar ajratiladi.
Xususan, 1-apreldan 1-avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 dollardan oshmasligi kerak.
Shuningdek, 1-apreldan 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi ham subsidiya qilinadi. Bu holatda to‘lov miqdori har bir bosh qoramol uchun 4 million so‘mdan oshmaydi.
Hujjatga muvofiq, ushbu subsidiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi