https://oz.sputniknews.uz/20260407/asia-chempionat-uzbekistan-bokschi-final-56758516.html
Osiyo chempionatida yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi
Osiyo chempionatida yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Mo‘g‘ulistonda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim finallarida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchidan 4 nafari g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Chempionlik janglari 9–10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
2026-04-07T16:57+0500
2026-04-07T16:57+0500
2026-04-07T17:30+0500
sport
milliy olimpiya qo‘mitasi
chempionat
musobaqa
bronza medal
boks
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/07/56757309_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0c2710bb30660d02fd9f767f26d1fa4e.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim final bahslarida ringga ko‘tarilgan 6 nafar o‘zbekistonlik sportchining 4 nafari g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.Yarim finalda -75 kg vaznda Javohir Abdurahimov hindistonlik Akashni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. -85 kg da Jasurbek Yo‘ldoshev Hindiston vakili Lokeshdan 5:0 hisobida ustun keldi. -80 kg da Fazliddin Erkinboyevning raqibi — Koreya Respublikasi vakili Minseong Kim — ringga chiqmadi. -90 kg da esa Halimjon Mamasoliyev qozog‘istonlik Sagindik Togambayni 4:1 hisobida yengdi.Shu bilan birga, ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqani bronza medali bilan yakunladi. -57 kg vaznda Nigina O‘ktamova hindistonlik Jasminga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, -60 kgda Abdurahmon Mahmudjonov qozog‘istonlik Orazbek Assilkulovga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.Reglamentga ko‘ra, 8-aprel kuni dam olish kuni hisoblanadi. 9–10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan final janglarida jami 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.Ular safida avvalroq finalga chiqqan Abdulloh Madaminov, shuningdek, -75 kg vaznda Aziza Zokirova va -80 kgda Ruxshona Parpiyeva ham bor.
https://oz.sputniknews.uz/20260329/asia-chempionat-uzbekistan-kazakhstan-boks-56583549.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/07/56757309_207:68:1254:853_1920x0_80_0_0_d78db57ff643d601625a3981e97aa84e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
osiyo chempionati, boks, o‘zbekiston, ulan-bator, javohir abdurahimov, jasurbek yo‘ldoshev, fazliddin erkinboyev, halimjon mamasoliyev, final, bronza
osiyo chempionati, boks, o‘zbekiston, ulan-bator, javohir abdurahimov, jasurbek yo‘ldoshev, fazliddin erkinboyev, halimjon mamasoliyev, final, bronza
Osiyo chempionatida yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi
16:57 07.04.2026 (yangilandi: 17:30 07.04.2026) Osiyo chempionatida yarim finalga chiqqan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 4 nafari finalga yo‘l oldi, yana ikki nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yarim final bahslarida ringga ko‘tarilgan 6 nafar o‘zbekistonlik sportchining 4 nafari g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga
kiritdi.
Yarim finalda -75 kg vaznda Javohir Abdurahimov hindistonlik Akashni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. -85 kg da Jasurbek Yo‘ldoshev Hindiston vakili Lokeshdan 5:0 hisobida ustun keldi. -80 kg da Fazliddin Erkinboyevning raqibi — Koreya Respublikasi vakili Minseong Kim — ringga chiqmadi. -90 kg da esa Halimjon Mamasoliyev qozog‘istonlik Sagindik Togambayni 4:1 hisobida yengdi.
Shu bilan birga, ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqani bronza medali bilan yakunladi. -57 kg vaznda Nigina O‘ktamova hindistonlik Jasminga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, -60 kgda Abdurahmon Mahmudjonov qozog‘istonlik Orazbek Assilkulovga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Reglamentga ko‘ra, 8-aprel kuni dam olish kuni hisoblanadi. 9–10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan final janglarida jami 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
Ular safida avvalroq finalga chiqqan Abdulloh Madaminov, shuningdek, -75 kg vaznda Aziza Zokirova va -80 kgda Ruxshona Parpiyeva ham bor.