https://oz.sputniknews.uz/20260406/russia-eaeu-uae-savdo-bitimlar-56744125.html
Rossiya YeOII-BAA bitimlarini ma’qulladi: bu kompaniyalarga nima beradi
Rossiya YeOII-BAA bitimlarini ma’qulladi: bu kompaniyalarga nima beradi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumat komissiyasi YeOII–BAA iqtisodiy sheriklik bitimi va Rossiya–BAA xizmatlar savdosi hamda investitsiyalar to‘g‘risidagi hujjatni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi.
2026-04-06T18:12+0500
2026-04-06T18:12+0500
2026-04-06T18:12+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
rossiya
baa
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48164432_0:129:3186:1921_1920x0_80_0_0_7e0f1235b8974e9128d7678dce2b344a.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya qonun loyihalari bo‘yicha hukumat komissiyasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek, Rossiya va BAA o‘rtasida xizmatlar savdosi hamda investitsiyalar to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Bu haqda komissiya RIA Novostiga ma’lum qildi.YeOII va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, tovar nomenklaturasining 85 foizdan ortig‘i uchun imtiyozli savdo rejimi joriy etiladi. Natijada imtiyozli kirish umumiy tovar aylanmasining 95 foizdan ortig‘ini qamrab oladi.Shu bilan birga, uning doirasida raqobat, turizm, tadqiqotlar va innovatsiyalar, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, ekologik tovarlar savdosi hamda halol mahsulotlar standartlarini yaqinlashtirish masalalari ham qamrab olingan.Rossiya va BAA o‘rtasidagi xizmatlar savdosi va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitim ikki mamlakat xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalari uchun bozorga kirish va ishlash shartlarini o‘zaro liberallashtirishga qaratilgan. Bitimga ko‘ra, Rossiya kompaniyalariga BAAda yuridik va kompyuter xizmatlari, tadqiqot va ishlanmalar, kemalarni ta’mirlash, temir yo‘l transporti va boshqaruv sohalarida kapitalda 100 foiz ishtirok etishga ruxsat beriladi. Muhandislik, tibbiy xizmatlar va dengizda yo‘lovchi tashish sohalarida esa 70 foizlik ishtirok imkoni yaratiladi.Shuningdek, ular chakana savdo, mehmonxonalar, restoranlar va samolyotlarni ta’mirlash sohalarida filial ochishi mumkin bo‘ladi.Bundan tashqari, BAA kompaniyalariga arxitektura va kinoteatr xizmatlarini cheklovlarsiz ko‘rsatish, shuningdek, xodimlarni tanlash bilan shug‘ullanish imkoniyati ham beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260331/eaeu-pakistan-erkin-savdo-zona-56624675.html
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48164432_228:0:2959:2048_1920x0_80_0_0_ddf0e8c25305735ed56c8fcac4c0a72c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, baa, yeoii, iqtisodiy sheriklik, ratifikatsiya, xizmatlar savdosi, investitsiyalar, imtiyozli savdo rejimi, jst, tovar aylanmasi
rossiya, baa, yeoii, iqtisodiy sheriklik, ratifikatsiya, xizmatlar savdosi, investitsiyalar, imtiyozli savdo rejimi, jst, tovar aylanmasi
Rossiya YeOII-BAA bitimlarini ma’qulladi: bu kompaniyalarga nima beradi
Rossiya hukumat komissiyasi YeOII va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik bitimi, shuningdek, Rossiya–BAA xizmatlar savdosi va investitsiyalar to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya qonun loyihalari bo‘yicha hukumat komissiyasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek, Rossiya va BAA o‘rtasida xizmatlar savdosi hamda investitsiyalar to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Bu haqda komissiya RIA Novostiga
ma’lum qildi.
YeOII va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, tovar nomenklaturasining 85 foizdan ortig‘i uchun imtiyozli savdo rejimi joriy etiladi. Natijada imtiyozli kirish umumiy tovar aylanmasining 95 foizdan ortig‘ini qamrab oladi.
Hujjat bojxona hamkorligi, elektron savdo, texnik to‘siqlar, sanitariya va fitosanitariya choralari, intellektual mulk huquqlari, davlat xaridlari, transport va logistikani ham o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, uning doirasida raqobat, turizm, tadqiqotlar va innovatsiyalar, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, ekologik tovarlar savdosi hamda halol mahsulotlar standartlarini yaqinlashtirish masalalari ham qamrab olingan.
Rossiya va BAA o‘rtasidagi xizmatlar savdosi va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitim ikki mamlakat xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalari uchun bozorga kirish va ishlash shartlarini o‘zaro liberallashtirishga qaratilgan.
Bitimga ko‘ra, Rossiya kompaniyalariga BAAda yuridik va kompyuter xizmatlari, tadqiqot va ishlanmalar, kemalarni ta’mirlash, temir yo‘l transporti va boshqaruv sohalarida kapitalda 100 foiz ishtirok etishga ruxsat beriladi. Muhandislik, tibbiy xizmatlar va dengizda yo‘lovchi tashish sohalarida esa 70 foizlik ishtirok imkoni yaratiladi.
O‘z navbatida, BAA kompaniyalariga Rossiyada kasalxonalar, dengiz kemalarini ta’mirlash, keytering, ekipajli kemalar ijarasi, aviatransport xizmatlari, oliy va qo‘shimcha ta’lim sohalarida kapitalda 100 foiz ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, ular chakana savdo, mehmonxonalar, restoranlar va samolyotlarni ta’mirlash sohalarida filial ochishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, BAA kompaniyalariga arxitektura va kinoteatr xizmatlarini cheklovlarsiz ko‘rsatish, shuningdek, xodimlarni tanlash bilan shug‘ullanish imkoniyati ham beriladi.