MAGATE: Busher AES yaqinidagi harbiy faollik jiddiy radiatsiyaviy avariyaga olib kelishi mumkin
MAGATE: Busher AES yaqinidagi harbiy faollik jiddiy radiatsiyaviy avariyaga olib kelishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
MAGATE bosh direktori Busher AES yaqinidagi harbiy faollik radiatsiyaviy avariyaga olib kelishi mumkinligini bildirdi. Zarbalardan biri obyekt perimetridan 75 metr uzoqlikda qayd etilgan, hozircha stansiyaning o‘zi shikastlanmagan.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Eronning Busher atom elektr stansiyasi yaqinida harbiy faollik davom etayotgani jiddiy radiatsiyaviy avariya xavfini kuchaytirayotganidan ogohlantirdi.Uning ta’kidlashicha, bunday ssenariy Eron ichida ham, qo‘shni davlat aholi va atrof-muhiti uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.Grossi avvalroq BMT Xavfsizlik kenashida Busherni Erondagi eng xavfli yadroviy nuqta deb atagan edi. U yerda ishlab turgan atom elektr stansiyasi va katta hajmdagi yadro yoqilg‘isi mavjud.Eron tomoni esa Busher AES atrofiga berilgan zarbalarni xalqaro huquq buzilishi va harbiy jinoyat namunasi deb atadi. Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islamiy MAGATEga norozilik bildirib, agentlikni AQSh va Isroilning ushbu harakatlarini qat’iy qoralashga chaqirgan. Tehron fikricha, bunday hujumlar nafaqat Eron, balki qo‘shni davlatlar uchun ham radioaktiv zararlanish xavfini tug‘diradi.Ma’lumot uchun: Busherdan O‘zbekistongacha masofa ancha katta, Toshkentgacha esa to‘g‘ri chiziq bo‘yicha taxminan 2 160 km.
busher aes, magate, rafael grossi, eron, radiatsiyaviy xavf, yadroviy xavfsizlik, harbiy zarbalar, qo‘shni davlatlar, eron atom energiyasi tashkiloti, toshkent
busher aes, magate, rafael grossi, eron, radiatsiyaviy xavf, yadroviy xavfsizlik, harbiy zarbalar, qo‘shni davlatlar, eron atom energiyasi tashkiloti, toshkent
MAGATE: Busher AES yaqinidagi harbiy faollik jiddiy radiatsiyaviy avariyaga olib kelishi mumkin
MAGATE Busher AES yaqinidagi harbiy faollik jiddiy radiatsiyaviy avariyaga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Eron bu hujumlar qo‘shni davlatlar uchun ham xavf tug‘dirishini aytmoqda.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Eronning Busher atom elektr stansiyasi yaqinida harbiy faollik davom etayotgani jiddiy radiatsiyaviy avariya xavfini kuchaytirayotganidan ogohlantirdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday ssenariy Eron ichida ham, qo‘shni davlat aholi va atrof-muhiti uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
MAGATE ma’lumotiga ko‘ra, agentlik yangi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili asosida Busher AES yaqinidagi so‘nggi zarbalarni tasdiqlagan. Ulardan biri stansiya perimetridan atigi 75 metr uzoqlikda qayd etilgan.
Grossi avvalroq BMT Xavfsizlik kenashida Busherni Erondagi eng xavfli yadroviy nuqta deb atagan edi. U yerda ishlab turgan atom elektr stansiyasi va katta hajmdagi yadro yoqilg‘isi mavjud.
Eron tomoni esa Busher AES atrofiga berilgan zarbalarni xalqaro huquq buzilishi va harbiy jinoyat namunasi deb atadi. Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islamiy MAGATEga norozilik bildirib, agentlikni AQSh va Isroilning ushbu harakatlarini qat’iy qoralashga chaqirgan. Tehron fikricha, bunday hujumlar nafaqat Eron, balki qo‘shni davlatlar uchun ham radioaktiv zararlanish xavfini tug‘diradi.
Busher AES Eronning ishlab turgan yagona atom elektr stansiyasi hisoblanadi. Shu bois unga yaqin hududdagi har qanday harbiy faollik oddiy infratuzilma xavfi emas, balki mintaqaviy ekologik va radiatsiyaviy xavf sifatida baholanmoqda.
Ma’lumot uchun: Busherdan O‘zbekistongacha masofa ancha katta, Toshkentgacha esa to‘g‘ri chiziq bo‘yicha taxminan 2 160 km.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.