Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya hafta davomida yettita aholi punktini nazoratga oldi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota rascheta RSZO "Grad" gruppirovki voysk "Sentr" na Dnepropetrovskom napravlenii SVO
Boyevaya rabota rascheta RSZO Grad gruppirovki voysk Sentr na Dnepropetrovskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2026
Obuna bo‘lish
So‘nggi 24 soat ichida, Rossiya hududidagi fuqarolik nishonlariga qilingan Ukraina terroristik hujumlari natijasida 4 kishi qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya Quroli kuchlari o‘tgan tunda Ukraina harbiy sanoat korxonalariga qarshi javob zarbasi berdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Rossiya hududidagi fuqarolik nishonlariga qilingan <...> terroristik hujumlarga <...> javoban, Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan foydalaniladigan Ukraina harbiy-sanoat va energetika obyektlariga havo va yer usti uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar va uchuvchisiz apparatlar yordamida guruhli zarba berildi", - deyiladi xabarda.
Rossiya Qurolli Kuchlari guruhlarining taktik aviatsiyasi, hujumkor dronlari, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi harbiy aerodrom infratuzilmasiga, shuningdek, 142 ta tumanda Ukraina qurolli kuchlari va xorijiy yollanma askarlar uchun vaqtinchalik joylashtirish punktlariga zarar yetkazdi. Hujum maqsadlariga erishildi. Barcha belgilangan obyektlarga ta’sir ko‘rsatildi.
So‘nggi 24 soat ichida, Rossiya hududidagi fuqarolik nishonlariga qilingan Ukraina terroristik hujumlari natijasida 4 kishi qurbon bo‘ldi.
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 1160 nafar harbiy xizmatchilarni, 23ta tank va boshqa zirhli jangovar qurollar, 21ta dala artilleriya qurollari, 2ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi, 91ta harbiy avtomobil va 308ta uchuvchisiz apparatni tashkil qildi.
O‘tgan hafta davomida Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya hududida yettita aholi punktini nazorat ostiga oldi.

Xususan, Sumi viloyatidagi Mala Korchakivka, Xarkov viloyatidagi Verxnyaya Pisarevka, Kovsharovka va Novoosinovo, Zaporoje viloyatidagi Lugovskoe va Boykove, DXRdagi Brusivka aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatdi.

Undan tashqari "G‘arb" kuchlar bo‘linmalari Lugansk Xalq Respublikasini to‘liq ozod qilishdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina yo‘qotishlari 671 ta samolyot, 284 ta vertolot, 131 025 ta uchuvchisiz uchish apparatlar, 653 ta zenit-raketa tizimlari, 28 687 ta tank va boshqa zirhli jangovar transport vositalari, 1696 ta yoppasiga o‘t ochish tizimi jangovar mashinalari, 34 276 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, 58 596 ta maxsus harbiy transport vositalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0