Patent uchun sertifikat: Toshkentda rus tilidan imtihonni qayerda topshirish mumkin?
© Sputnik
Obuna bo‘lish
2026 yil boshidan beri 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada ishlash uchun imtihon topshirdi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga ketayotganlar Toshkentda rus tilidan imtihon topshirib sertifikat olishlari mumkin.
Testlar Toshkentda – Rossiya Xalqlar Do‘stligi Universiteti (RXDU) vakolatxonasida bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini o‘z ichiga oladi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, nomzodlarning qariyb 67% testdan muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Sertifikatni imtihon topshirilgan kuni olish mumkin, imtihonning o‘zi esa har kuni uch smenada o‘tkaziladi.
MUHIM: Hozircha ushbu imtihonni faqat tashkillashtirilgan tartibda ishga ketayotgan, ish beruvchilar tomonidan tanlab olingan nomzodlar topshirmoqda, biroq yaqin vaqt ichida onlayn platforma orqali mustaqil ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston lavhasida