Xalqaro hamjamiyat juda xavotirda — Lixachev Erondagi AES haqida

© POOL / Mediabankka o‘tishPeregovori prezidenta Vladimira Putina i premyer-ministra Armenii Nikola Pashinyana
Peregovori prezidenta Vladimira Putina i premyer-ministra Armenii Nikola Pashinyana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2026
Obuna bo‘lish
Isroil va AQSh Erondagi "Busher" atom elektr stansiyasining devoriga zarba berdi, bir kishi qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. MAGATE va xalqaro hamjamiyat Erondagi "Busher" AESi atrofida sodir bo‘layotgan voqealardan juda xavotirda, dedi "Rostatom" bosh direktori Aleksey Lixachev Yekaterinburgga ishchi tashrifi chog‘ida.
"Albatta, xalqaro hamjamiyat sodir bo‘lgan voqeaga xavotir bilan munosabat bildirdi. MAGATE bosh direktori va boshqa hamkorlarimiz bilan aloqalar ham tobora ortib borayotgan xavotirni ko‘rsatmoqda. Hamma mojaroning kengayishi va yer usti opratsiyasi ehtimolidan juda xavotirda. ", — dedi Lixachev.
Bugun ertalab Isroil va AQSh koalitsiya "Busher" atom elektr stansiyasiga yana zarba berdi. Zarba bevosita stansiya xavfsizlik devoriga tegdi, bir nafar xavfsizlik xodimi qubon bo‘ldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqealar eng nomaqbul stsenariy bo‘yicha rivojlanmoqda, mojaro kuchaymoqda. Yadroviy hodisa xavfi ortib bormoqda. Bunday hodisalar uzoq muddatli oqibatlarga olib keladigan mintaqaviy falokatga tahdid solmoqda.
"Yadroviy inshoot atrofidagi harbiy harakatlar har doim ulkan xavflarni keltirib chiqaradi. Va, ochig‘i, alohida provokatsiyalar ehtimoli bir... Ishlayotgan yadroviy inshoot atrofidagi provokatsiyalar mintaqaviy falokatga olib kelishi mumkin, bu esa butun mintaqada uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi", - dedi Lixachev.
Shuningdek, Dixachev Rossiya o‘z mutaxassilarini Erondan olib chiqayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra bugun 198 nafar rossiyalik atomchilar avtobusda Eron-Armaniston chegarasi tomon yo‘l olgan. Eron hukumati Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam bermoqda, dedi Lixachev.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0