https://oz.sputniknews.uz/20260404/javohir-sindarov-fide-nomzodlar-turnirida-nakamurani-maglub-etdi-56711157.html
Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirida Nakamurani mag‘lub etdi
Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirida Nakamurani mag‘lub etdi
Sputnik O‘zbekiston
Kiprda Javohir Sindarov dunyo gigantlarini birin-ketin taslim etmoqda. 04.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-04T10:10+0500
2026-04-04T10:10+0500
2026-04-06T11:47+0500
shaxmat
javohir sindarov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/04/56711253_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_a2c2c3ac947012d5633939c331274efd.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Kiprda bo‘lib o‘tayotgan, jahon toji uchun o‘ynash imkonini beruvchi FIDE Nomzodlar turnirida Javohir Sindarov g‘alabalar seriyasini davom ettirmoqda.Kecha u dunyoning 2-raqamli (o‘yindan keyin 3-o‘ringa tushdi) shaxmatchisi, shaxmat olamida Magnus Karlsendan keyin eng ko‘p tilga olinadigan AQShlik Hikaru Nakamura ustidan qora donalarda g‘alabaga erishdi. Sindarov 5 turda 4 ta g‘alaba qayd etib, Nomzodlar turnirida eng yaqin ta’qibchisi Fabiano Karuanadan 1 ochkoga ilgarilab ketdi. Turnir boshlanishidan avval asosiy favorit deya e’tirof etilgan barcha shaxmatchilar (Karuana, Praggnanandhaa, Nakamura) 5-tur yakunidayoq Javohirga mag‘lub bo‘lishga ulgurdi. Shuningdek, u ketma-ket 3 ta turda "Turning eng yaxshi o‘yinchisi" deb topildi. Musobaqa boshida dunyo reytingida 20-o‘rinda bo‘lgan Sindarov 4 ta g‘alabadan keyin 5-o‘ringa ko‘tarildi. Bu esa tarixda ilk bor dunyoning TOP-5 taligida ikki o‘zbek shaxmatchisi bo‘lishini anglatadi. Yana bir qiziqarli fakt: turnir boshida Javohirning g‘alaba qozonish ehtimoli 15% bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 70% ga yetdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/04/56711253_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_78058b1d1c25868e742c04d22a9dd392.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxmat, javohir sindarov, o‘zbekiston
shaxmat, javohir sindarov, o‘zbekiston
Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirida Nakamurani mag‘lub etdi
10:10 04.04.2026 (yangilandi: 11:47 06.04.2026) Kiprda Javohir Sindarov dunyo gigantlarini birin-ketin taslim etmoqda.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Kiprda bo‘lib o‘tayotgan, jahon toji uchun o‘ynash imkonini beruvchi FIDE Nomzodlar turnirida Javohir Sindarov g‘alabalar seriyasini davom
ettirmoqda. Kecha u dunyoning 2-raqamli (o‘yindan keyin 3-o‘ringa tushdi) shaxmatchisi, shaxmat olamida Magnus Karlsendan keyin eng ko‘p tilga olinadigan AQShlik Hikaru Nakamura ustidan qora donalarda g‘alabaga erishdi.
Sindarov 5 turda 4 ta g‘alaba qayd etib, Nomzodlar turnirida eng yaqin ta’qibchisi Fabiano Karuanadan 1 ochkoga ilgarilab ketdi. Turnir boshlanishidan avval asosiy favorit deya e’tirof etilgan barcha shaxmatchilar (Karuana, Praggnanandhaa, Nakamura) 5-tur yakunidayoq Javohirga mag‘lub bo‘lishga ulgurdi.
Shuningdek, u ketma-ket 3 ta turda "Turning eng yaxshi o‘yinchisi" deb topildi. Musobaqa boshida dunyo reytingida 20-o‘rinda bo‘lgan Sindarov 4 ta g‘alabadan keyin 5-o‘ringa ko‘tarildi. Bu esa tarixda ilk bor dunyoning TOP-5 taligida ikki o‘zbek shaxmatchisi bo‘lishini anglatadi.
Yana bir qiziqarli fakt: turnir boshida Javohirning g‘alaba qozonish ehtimoli 15% bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 70% ga yetdi.