Eron bir kunda ikkita AQSh samolyotini urib tushirdi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev / Mediabankka o‘tishIstrebitel F-16
Istrebitel F-16 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2026
Obuna bo‘lish
Eron tomonidan zarba berilgan Amerikanig A-10 hujum samolyoti Quvaytda halokatga uchradi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Eron tomonidan urib tushirilgan AQShning A-10 hujumchi samolyoti Quvaytda halokatga uchradi, deb xabar beradi AQShning NBC axborot agentligi.
"A-10 Quvayt havo hududiga yetib bora oldi, u yerda uchuvchi katapulta qildi, shundan so‘ng samolyot halokatga uchradi", deyiladi xabarda.
Shunday qilib, tarmoqning ta’kidlashicha, Eron bir sutka ichida ikkita Amerika samolyotini urib tushirgan F-15 va A-10. Undan tashqari Eron havo hujumidan himoya kuchlari AQShning ikkita Black Hawk vertolotiga ham zarba bergan.

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp bir kun oldin xalqqa murojaat qilib, Eron to‘liq mag‘lubiyatga uchraganini e’lon qilganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Juma kuni New York Times Fors ko‘rfazida A-10 hujum samolyotining halokatga uchraganini xabar qildi. Gazetaning xabar berishicha, uchuvchi omon qolgan. Eron armiyasi keyinchalik samolyotning yo‘q qilinganini tasdiqladi.

AQSh va Isroilnig Eronga hujumi boshlanganidan beri AQSh havo kuchlari 30 dan ortiq samolyotlarini yo‘qotgan. Ular orasida 3ta havoda yoqilg‘i quyish, samolyotlari, bitta radar samolyot, bitta F-35 "ko‘rinmas" samolyot va boshqalar bor.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Iran atakoy po amerikanskim bazam na Blijnem Vostoke nanes usherb kak minimum na $800 mln, pishet BBC - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2026
Eron AQSh samolyotini urib tushirdi va uchuvchini qo‘lga olgan bo‘lishi mumkin — Tasnim
Iran unichtojil samolet SShA stoimostyu 500 millionov dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2026
Eron yo‘q qilgan 500 million dollarlik AQSh samolyoti nimasi bilan qimmatli edi
Yangiliklar lentasi
0