Toshkentda Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi ochildi

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Ikuo Xirayama markazida Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi “Yapon bahori” festivali doirasida ochildi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Qozog‘istonning “Degdar” gumanitar jamg‘armasi, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Degdar” jamg‘armasi 16-yildan buyon Markaziy Osiyo davlatlarida “Yapon bahori” va “Yapon kuzi” festivallarini o‘tkazib kelib, madaniy almashinuvni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bu yilgi festival doirasida namoyish etilayotgan “Markaziy Osiyo oshxonasi” mangasi Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy muloqotning yorqin namunasi hisoblanadi.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Asarda turli mamlakatlardan kelgan qahramon qizlar yapon do‘stlariga milliy taomlar tayyorlash sirlarini o‘rgatadi. Shu orqali xalqlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va o‘ziga xosliklar ochib beriladi.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bu manga nafaqat san’at asari, balki turli xalqlarni birlashtiruvchi madaniy ko‘prik vazifasini bajaradi”, — deydi suxbatda Gayane Matevosan, “O‘zbekiston-Yaponiya” do‘stlik jamiyati direktori

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Asardagi retseptlar shunchalik batafsil tasvirlanganki, uni hatto amaliy oshpazlik qo‘llanmasi sifatida ham foydalanish mumkin.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Kaoru Mori dunyoga mashhur manga rassomi bo‘lib, uning “Emma” asari xalqaro miqyosda katta shuhrat qozongan. Shuningdek, “Kelinlar tarixi” asari Markaziy Osiyo hayoti va an’analariga bag‘ishlangan bo‘lib, u mintaqada katta qiziqish uyg‘otgan.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“San’at chegara bilmaydi — u xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.”
“Markaziy Osiyo oshxonasi mangasi xalqlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va o‘ziga xosliklarni ochib beradi”, deya ta’kidladi do‘stlik jamiyati direktori.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Festival doirasida yana bir muhim madaniy voqea — yapon skripkachi Renosuke Fukuda konserti ham bo‘lib o‘tadi. U 20-aprel kuni soat 19:00 da O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi. Konsertga kirish bepul.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” ko‘rgazmasi san’at, gastronomiya va madaniyatni birlashtirgan holda, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kaoru Morining “Markaziy Osiyo oshxonasi” manga ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma 2026-yil 12-aprelgacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.