O‘nta OTMga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2026
Obuna bo‘lish
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim tizimida qator islohotlar taklif qilindi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi.
Taqdimotda quyidagilar taklif etildi:
10 ta oliy ta’lim tashkilotiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. "U10" dasturi doirasida ushbu OTMlarda ilmiy klasterlar tashkil etiladi. Bunda OTMlar tanlovi o‘quv muassasi ilmiy salohiyati, milliy va xalqaro reytinglardagi o‘rni, ilmiy infratuzilmasi kabi ko‘rsatkichlar asosida o‘tkaziladi. Ushbu maqsadda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Natijaga yo‘naltirilgan moliyalashtirish. 2027 yildan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga ko‘ra moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda universitetlar ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, raqamlashtirish va bitiruvchilar bandligi kabi mezonlar asosida baholanadi.
Davlat granti ajratish asoslari qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda ta’lim yo‘nalishining murakkabligi, mehnat bozori ehtiyojlari, universitet reytingi, hududiy omillar va professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi ustuvor yo‘nalishlarga sarflanadi. Loyihalarni saralash xalqaro ekspertiza, ilmiy-texnik kengashlar va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Xorijiy talabalarni jalb etish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif qilindi. Jumladan, har yili respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlarida 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga oliy ta’lim olish uchun grant ajratishni nazarda tutuvchi “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturini amalga oshirish belgilanmoqda.
Taqdimotda sohada boshqaruv samaradorligini oshirish, raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa muhim tashabbuslar ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0