https://oz.sputniknews.uz/20260401/mirziyoev-kazakhstan-tiv-rahbar-muhokama-56635087.html
Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbari bilan nodir metallar, kosmos va turizmni muhokama qildi
Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbari bilan nodir metallar, kosmos va turizmni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi. Uchrashuvda savdo, sanoat, transport, nodir metallar, turizm va gumanitar hamkorlik masalalari muhokama etildi.
2026-04-01T09:16+0500
2026-04-01T09:16+0500
2026-04-01T10:05+0500
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
siyosat
hamkorlik
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/01/56634909_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_bba2914dfae128c78c1f0eccdba6ddd4.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.Parlamentlar, hukumatlar, hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi faol muloqot yuqori baholandi. Qo‘shma Hukumatlararo komissiya samarali ishlayotgani, tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib borayotgani qayd etildi.Tomonlar iqtisodiy loyihalarni jadallashtirish, nodir metallar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sayyohlik oqimini oshirish, shuningdek, kosmos va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlarida gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.Uchrashuvda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibini puxta tayyorlash, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid masalalar yuzasidan fikr almashish muhimligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260331/uzbekistan-kazakhstan-tiv-dastur-imzolanish-56626120.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/01/56634909_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_62f3ea57adca9edb1d2f82a871b1d378.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, yermek kosherbayev, o‘zbekiston, qozog‘iston, o‘zbekiston sheriklik, ittifoqchilik, nodir metallar, turizm, kosmos, kreativ iqtisodiyot, gumanitar hamkorlik
shavkat mirziyoyev, yermek kosherbayev, o‘zbekiston, qozog‘iston, o‘zbekiston sheriklik, ittifoqchilik, nodir metallar, turizm, kosmos, kreativ iqtisodiyot, gumanitar hamkorlik
Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbari bilan nodir metallar, kosmos va turizmni muhokama qildi
09:16 01.04.2026 (yangilandi: 10:05 01.04.2026) Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev bilan uchrashuvda iqtisodiy loyihalar, nodir metallar, turizm va gumanitar hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Parlamentlar, hukumatlar, hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi faol muloqot yuqori baholandi. Qo‘shma Hukumatlararo komissiya samarali ishlayotgani, tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib borayotgani qayd etildi.
Shuningdek, sanoat, energetika, transport, ekologiya va suv resurslaridan foydalanish sohalaridagi kooperatsiya kengayib borayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar iqtisodiy loyihalarni jadallashtirish, nodir metallar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sayyohlik oqimini oshirish, shuningdek, kosmos va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlarida gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuvda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibini puxta tayyorlash, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid masalalar yuzasidan fikr almashish muhimligi qayd etildi.