O‘zbekiston va Qozog‘iston TIVlari 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan dastur imzoladi

© Baxtiyor Saidov/TelegramBaxtiyor Saidov provel vstrechu s ministrom inostrannix del Kazaxstana Yermekom Kosherbayevim
Baxtiyor Saidov provel vstrechu s ministrom inostrannix del Kazaxstana Yermekom Kosherbayevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi imzolandi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat TIVlari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi imzolandi.
Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal sur’atda rivojlanganini qayd etdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika sohasidagi hamkorlik va tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi muvofiqlashuv masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar mavjud aloqalar sur’ati yuqori ekanini va o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat borligini ta’kidladi.
Kazaxstan i Uzbekistan podpisali solidniy paket dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Qozog‘iston bilan salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi
Yangiliklar lentasi
0