https://oz.sputniknews.uz/20260331/surxondaryo-tatarstan-hamkorlik-56626608.html
Surxondaryo – Tatariston: hamkorlikning yangi qirralari
Surxondaryo – Tatariston: hamkorlikning yangi qirralari
Sputnik O‘zbekiston
“Valday” xalqaro munozara klubining Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasining ikkinchi ish kunida Tatariston va Surxondaryo hamkorligiga e’tibor qaratildi. 31.03.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-03-31T18:11+0500
2026-03-31T18:11+0500
2026-03-31T18:11+0500
iqtisod
surxondaryo
tatariston
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1b/43160749_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_758aaf561d22f0d61aedff0abfd6ae95.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Tatariston nafaqat mahsulot yetkazib beruvchi, balki sanoat maydonlarini yaratish sohasida noyob boshqaruv ko‘nikmalarini eksport qiluvchisi sifatida ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Masalan, Yevropadagi sanoatning eng yaxshi drayverlaridan biri deb tan olingan “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi Surxondaryodagi o‘zbekistonlik hamkasblariga o‘z tajribasini faol ravishda o‘rgatmoqda.Rossiya bozorining yirik ishtirokchilari chuqur hamkorlikka tayyor ekanini bildirmoqda. Xususan, “Kamaz” OAJ Surxondaryo viloyati hududida texnika yetkazib berish hamda tegishli distribyutorlik va servis infratuzilmasini yaratish bo‘yicha takliflarga ochiqdir.Tatariston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustem Gaynullovning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish hududni ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi va O‘zbekiston ichida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi.Bundan tashqari, “Remdizel” OAJ ham fuqarolik texnikasini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini tasdiqladi.“Ximgrad” AJning xorijiy loyihalar rahbari Ruslan Sabirov kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mukammal muhit sifatida texnopolis modelini taqdim etdi.“Ximgrad” o‘zining 20-yillik tajribasini O‘zbekistonda muvaffaqiyatli qo‘llab, sanoat parklarini rivojlantirishga qariyb 33 million dollar investitsiyalar kiritmoqda. Sobiq sanoat korxonalari (“O‘zQQChMK (O‘zKTJM) ” va “Jizzax plastmassa”) negizida zamonaviy texnoparklar faoliyat yuritmoqda. Ularning rezidentlari erkin iqtisodiy zona imtiyozlari va respublika hukumati darajasidagi qo‘llab-quvvatlashdan foydalanmoqda.Sabirovning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi mahalliylashtirish – “keyingi eksport uchun yaxshi tramplin”. Bunga Chirchiqdan hatto Avstraliyaga ham mahsulot yetkazib berayotgan “Standartplast” rezidenti yaqqol misol bo‘la oladi.Qishloq xo‘jaligi tovar aylanmasining asosi bo‘lib qolmoqda. Sut ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyada yetakchi bo‘lgan Tatariston Surxondaryoni o‘zining asosiy hamkori deb biladi.Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston sut, shakar va yog‘-moy mahsulotlari eksportini oshirishga tayyor. O‘z navbatida, Tatariston O‘zbekistondan sabzavot mahsulotlarini xarid qilishdan manfaatdor.Ishtirokchilar joriy eksport hajmi (o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 38,3 million dollar) umumiy salohiyatning atigi 7–8 foizini tashkil etishini ta’kidlashdi. Rossiya–O‘zbekiston munosabatlari doirasidagi hamkorlikdagi sa’y-harakatlar ushbu “katta zaxira”ni ishlayotgan zavodlarga, yangi ish o‘rinlariga aylantirish va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga qaratilgandir.
https://oz.sputniknews.uz/20260218/tatarstan-tashkent-hamkorlik-muhokama-55799982.html
surxondaryo
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1b/43160749_103:0:1240:853_1920x0_80_0_0_2c0ba10aa3f677c6bd6d02c355eb8717.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, surxondaryo, tatariston, hamkorlik
iqtisod, surxondaryo, tatariston, hamkorlik
Surxondaryo – Tatariston: hamkorlikning yangi qirralari
“Valday” xalqaro munozara klubining Rossiya-O‘zbekiston konferensiyasining ikkinchi ish kunida Tatariston va Surxondaryo hamkorligiga e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Tatariston nafaqat mahsulot yetkazib beruvchi, balki sanoat maydonlarini yaratish sohasida noyob boshqaruv ko‘nikmalarini eksport qiluvchisi sifatida ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Masalan, Yevropadagi sanoatning eng yaxshi drayverlaridan biri deb tan olingan “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi Surxondaryodagi o‘zbekistonlik hamkasblariga o‘z tajribasini faol ravishda o‘rgatmoqda.
Rossiya bozorining yirik ishtirokchilari chuqur hamkorlikka tayyor ekanini bildirmoqda. Xususan, “Kamaz” OAJ Surxondaryo viloyati hududida texnika yetkazib berish hamda tegishli distribyutorlik va servis infratuzilmasini yaratish bo‘yicha takliflarga ochiqdir.
Tatariston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustem Gaynullovning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish hududni ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi va O‘zbekiston ichida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi.
Bundan tashqari, “Remdizel” OAJ ham fuqarolik texnikasini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini tasdiqladi.
“Ximgrad” AJning xorijiy loyihalar rahbari Ruslan Sabirov kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mukammal muhit sifatida texnopolis modelini taqdim etdi.
“Ximgrad” o‘zining 20-yillik tajribasini O‘zbekistonda muvaffaqiyatli qo‘llab, sanoat parklarini rivojlantirishga qariyb 33 million dollar investitsiyalar kiritmoqda. Sobiq sanoat korxonalari (“O‘zQQChMK (O‘zKTJM) ” va “Jizzax plastmassa”) negizida zamonaviy texnoparklar faoliyat yuritmoqda. Ularning rezidentlari erkin iqtisodiy zona imtiyozlari va respublika hukumati darajasidagi qo‘llab-quvvatlashdan foydalanmoqda.
Sabirovning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi mahalliylashtirish – “keyingi eksport uchun yaxshi tramplin”. Bunga Chirchiqdan hatto Avstraliyaga ham mahsulot yetkazib berayotgan “Standartplast” rezidenti yaqqol misol bo‘la oladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar aylanmasining asosi bo‘lib qolmoqda. Sut ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyada yetakchi bo‘lgan Tatariston Surxondaryoni o‘zining asosiy hamkori deb biladi.
Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston sut, shakar va yog‘-moy mahsulotlari eksportini oshirishga tayyor. O‘z navbatida, Tatariston O‘zbekistondan sabzavot mahsulotlarini xarid qilishdan manfaatdor.
Ishtirokchilar joriy eksport hajmi (o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 38,3 million dollar) umumiy salohiyatning atigi 7–8 foizini tashkil etishini ta’kidlashdi. Rossiya–O‘zbekiston munosabatlari doirasidagi hamkorlikdagi sa’y-harakatlar ushbu “katta zaxira”ni ishlayotgan zavodlarga, yangi ish o‘rinlariga aylantirish va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga qaratilgandir.