Namangandagi turizm, sanoat va sun’iy intellekt bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident provel soveshanie po dalneyshim prioritetnim zadacham v Namanganskoy oblasti
Prezident provel soveshanie po dalneyshim prioritetnim zadacham v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Namanganda 2026-yil uchun iqtisodiyotni 9,2 foizga oshirish, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,2 milliard dollarga yetkazish vazifasini belgiladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari jahon bozoridagi beqaror vaziyat sharoitida viloyatda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va yangi “o‘sish nuqtalari”ni ishga solish muhimligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan 2026-yil uchun iqtisodiyotni 9,2 foizga, sanoatni 9 foizga, xizmatlarni 16,3 foizga, qishloq xo‘jaligini 6,8 foizga oshirish, turizm eksportini 1,7 barobar ko‘paytirish, xorijiy investitsiyalarni 5 milliard dollarga va eksportni 1,2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda sun’iy intellekt asosida hudud salohiyatini tahlil qilish, oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, kam samarali 2,5 ming gektar bog‘ o‘rnida intensiv bog‘lar barpo etish, 8 ming gektar yerni o‘zlashtirish, “Namangan” EIZda 547 million dollarlik 15 ta loyiha uchun qo‘shimcha podstansiya qurish va zamonaviy IT-park binosini barpo etish takliflari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Davlatobod tumanini “aqlli shahar”ga aylantirish, Namangan davlat texnika universiteti negizida sun’iy intellekt laboratoriyasi va startaplar klubi tashkil etish, Chustda 60 megavattli yashil energiya loyihasini amalga oshirish, 2026-2027 yillarda 3948 gektar maydonda bog‘ va tokzorlar barpo etish rejalari muhokama qilindi.
Parrandachilikda 50 million dollarlik loyiha doirasida 813 million dona tuxum va 2 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish quvvati yaratilishi aytildi.

Turizm, infratuzilma va ijtimoiy sohada ham qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Popda Arashan ko‘llari atrofida turizm majmuasi, Qamchiqda xalqaro tog‘ dam olish zonasi, Chodak, Kosonsoy va Nanayda yangi turizm loyihalari, Namangan shahrida milliy ruhdagi turizm majmuasi tashkil etish rejalari taqdim etildi.

Bundan tashqari, kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish, Uychi va Uchqo‘rg‘onda oqova suv infratuzilmasini yangilash, Yangi Namanganda 30 ming ish o‘rni yaratish, 15 ming o‘rinli bog‘chalar tashkil qilish va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya markazining Namangan filialini ochish tashabbuslari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Namangan viloyatiga 4,2 mlrd dollarlik investitsiya jalb etiladi
Yangiliklar lentasi
0