O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi, 10 ming qadam dasturi qayta tiklanadi
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi, 10 ming qadam dasturi qayta tiklanadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori bilan “Eko-madaniyat” loyihasi doirasida 14 ta “yashil” texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, Ekostipendiya va “Yosh ekolog” nishoni joriy etiladi. 1-maydan “10 ming qadam” tajribasi ham qayta tiklanadi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.Qarorning asosiy maqsadlaridan biri — 2026–2027 yillarda respublikaning har bir hududida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikum faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. “Yashil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ular Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishilgan holda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga biriktiriladi.2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “yashil” texnikumlarda ta’lim jarayoni universitet ishlab chiqadigan va Kasbiy ta’lim agentligi tasdiqlaydigan dasturlar asosida tashkil etiladi. Shuningdek, universitetning 1-bosqichida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari texnikumlarning 2-bosqich dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi.“Yashil” texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan va ingliz tilidan V2 darajaga ega bitiruvchilar universitet tomonidan belgilanadigan o‘rtacha ball talabidan kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.Qarorga ko‘ra, “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ham ta’sis etiladi. Har yili 10 nafargacha iqtidorli o‘quvchiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan stipendiya to‘lanadi.Bundan tashqari, 1-maydan boshlab “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ham joriy etiladi. Uning III darajasi maktab o‘quvchilariga, II darajasi texnikum o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalariga, I darajasi esa xalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijaga erishgan yoshlarga beriladi.
eko-madaniyat, yashil texnikum, ekostipendiya, yosh ekolog, 10 ming qadam, sog‘lom turmush tarzi, ekologik ta’lim, iqlim o‘zgarishi, prezident qarori, o‘zbekiston
eko-madaniyat, yashil texnikum, ekostipendiya, yosh ekolog, 10 ming qadam, sog‘lom turmush tarzi, ekologik ta’lim, iqlim o‘zgarishi, prezident qarori, o‘zbekiston
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi, 10 ming qadam dasturi qayta tiklanadi
Yangi qarorga muvofiq, hududlarda “yashil” texnikumlar tashkil etilib, iqtidorli o‘quvchilar uchun Ekostipendiya joriy qilinadi, 1-maydan esa “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta ishga tushiriladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Qarorning asosiy maqsadlaridan biri — 2026–2027 yillarda respublikaning har bir hududida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikum faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir.
2026/2027 o‘quv yilidan qarorda ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari “yashil” texnikumlar sifatida qayta tashkil etiladi. Ularda hududlarning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, sohalar uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
“Yashil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ular Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishilgan holda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga biriktiriladi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “yashil” texnikumlarda ta’lim jarayoni universitet ishlab chiqadigan va Kasbiy ta’lim agentligi tasdiqlaydigan dasturlar asosida tashkil etiladi. Shuningdek, universitetning 1-bosqichida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari texnikumlarning 2-bosqich dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi.
“Yashil” texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan va ingliz tilidan V2 darajaga ega bitiruvchilar universitet tomonidan belgilanadigan o‘rtacha ball talabidan kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Qarorga ko‘ra, “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ham ta’sis etiladi. Har yili 10 nafargacha iqtidorli o‘quvchiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan stipendiya to‘lanadi.
1 maydan “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta tiklanadi, shu bilan birga “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, 1-maydan boshlab “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ham joriy etiladi. Uning III darajasi maktab o‘quvchilariga, II darajasi texnikum o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalariga, I darajasi esa xalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijaga erishgan yoshlarga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “10 ming qadam” tashabbusi avval ham amal qilgan bo‘lib, unda fuqarolar kun davomida 10 ming qadam yurgani uchun rag‘batlantirilgan, jumladan, har kuni 3 ming so‘mgacha pulli mukofot ham berilgan.